Harbiy xizmatni o‘tagan talabalar uchun kontrakt to‘lovida 35% imtiyoz
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va harbiy qismlar qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan talabalar uchun kontrakt to‘lovining 35 foizini qoplash imkoniyati yaratildi. Ushbu moliyaviy yordam O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan amalga oshiriladi.
Kimlar ushbu imtiyozdan foydalana oladi?
Ushbu imtiyozdan quyidagi toifadagi talabalar foydalanishlari mumkin:
- Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan shaxslar;
- Harbiy qismlar qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lganlar;
- To‘lov-kontrakt shaklida o‘qishga qabul qilingan talabalar.
Arizalar qanday topshiriladi?
Imtiyozga da’vogar bo‘lgan talabalar o‘zlari tahsil olayotgan oliygohlar boshlang‘ich tashkilot yetakchilariga murojaat qilishlari kerak. Bu tashabbus yoshlarning oliy ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish va harbiy xizmatchilarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy etilgan.
Ta’lim sohasidagi so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.