Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston milliy jamoasi birinchi marta mag‘lubiyatga uchradi: Germaniya bilan o‘yinda yigitlarimiz 2,5 — 1,5 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Germaniya bilan o‘yin natijasi
- Nodirbek Abdusattorov durang o‘ynadi;
- Javohir Sindarov g‘alaba qozondi;
- Nodirbek Yakubboyev va Shamsiddin Vohidov mag‘lub bo‘ldi — raqib aka-uka Frederik Sveyn va Rasmus Sveyn juda yaxshi formada ekanini ko‘rsatdi.
Turnirdagi vaziyat
Germaniyaning g‘alabasi tasodif emas: ular bundan avval AQSh jamoasini ham mag‘lub etishgan. O‘zbekiston jamoasi esa 7 ta tur davomida 28 ta partiyaning birortasida mag‘lub bo‘lmagan edi.
Hozirda O‘zbekiston qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga 1-o‘rinni saqlab turibdi.
Qolgan uch tur
Turnir yakuniga qadar yana 3 ta tur qoldi. O‘zbekistonni AQSh, Niderlandiya va Armaniston kabi kuchli raqiblar bilan o‘yinlar kutib turibdi.
O‘zbekiston jamoasining avvalgi o‘yinlari haqida alohida materialimizda yozgan edik.
















