Pedagog kadrlardan attestatsiya uchun hujjatlarni qabul qilish har yili 1-mart va 1-oktabr sanalarida to'xtatiladi. Malaka sinovlarini o'tkazish shakli va jadvali esa har yili sinovlar boshlanishidan kamida 10 kun oldin tasdiqlanib, e'lon qilinadi. Bu normalar pedagog kadrlarni attestatsiyadan o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizomning (Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan, yangi tahrirda) 31-bandida mustahkamlangan.
Malaka sinovlari jadvali va e'lon qilinish tartibi
Vakolatli vazirliklar maktabgacha, umumiy o'rta va maktabdan tashqari ta'lim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun mutaxassislik fani va kasb standarti bo'yicha bilim darajasini aniqlash hamda pedagogik mahoratini baholash, o'rta maxsus va professional ta'lim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun o'quv fani bo'yicha malaka sinovlarini o'tkazish shakli va jadvalini tasdiqlaydi.
Reklama
- Jadval malaka sinovlari boshlanishidan 10 kun oldin tasdiqlanadi;
- Vazirliklarning rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi;
- Tegishli vazirlik va idoralarga hamda vakolatli vazirlik rasmiy saytidagi pedagog kadrning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Hujjatlar qabulining to'xtatilish sanalari
Nizomning 19-bandiga ko'ra, attestatsiyadan o'tish uchun pedagoglar har yili 1-yanvardan 1-martgacha va 1-avgustdan 1-oktabrgacha davlat xizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki vakolatli vazirliklarning rasmiy veb-sayti orqali ro'yxatdan o'tib murojaat qiladi. Belgilangan sanadan keyin topshirilgan hujjatlar qabul qilinmaydi va keyingi attestatsiya davriga o'tadi. Bu haqda Kuzgi attestatsiya uchun ro'yxatdan o'tish 1-oktabrgacha davom etadi va Attestatsiyaga faqat ta'lim tashkilotida ishlab turgan pedagoglar jalb etiladi sarlavhalari ostida ham yozgan edik.
SMS orqali xabardor qilish
Yangi tartibga ko'ra, attestatsiya to'g'risidagi ma'lumotlar, jumladan test sinovlarining o'tkazilish muddatlari pedagoglarning shaxsiy kabinetlariga SMS-xabarnoma yuborish orqali ham ma'lum qilinadi. Bu pedagoglarga jadval o'zgarishlarini o'z vaqtida bilish imkonini beradi. Toifa uchun zarur ballar Attestatsiyada pedagoglar malaka toifasi uchun zarur ballar tasdiqlandi sarlavhali materialimizda keltirilgan.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.
Hozircha izohlar yo‘q.
Birinchi bo‘lib izoh qoldiring