“Vazir jamg‘armasi” tanlovining g‘oliblari aniqlandi — 2026-yil sentabrdan boshlab jami 1 696 nafar malakali pedagogga 9 oy davomida har oylik ustama to‘lanadi.
G‘oliblar qanday taqsimlandi?
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘iga asosan, Vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama oladigan 1 696 nafar malakali pedagog tanlov g‘olibi deb topildi. Ularning taqsimoti quyidagicha:
Reklama
- Umumiy o‘rta ta’lim maktablari — 1 400 nafar;
- Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari — 98 nafar;
- Maktabgacha ta’lim tashkilotlari — 198 nafar.
PDF ro‘yxatda fan yo‘nalishlari kesimida eng ko‘p g‘olib boshlang‘ich ta’lim (355 nafar) va maktabgacha ta’lim (198 nafar) yo‘nalishlarida qayd etilgan. Eng yuqori yakuniy ball 99,67 ni tashkil etgan.
Ustama miqdori qancha?
Tanlov g‘oliblariga 2026-yil sentabr oyidan 2027-yil may oyiga qadar jami 9 oy davomida ustama to‘lab boriladi. Umumta’lim tashkilotlari pedagoglariga Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilariga esa 2 baravari miqdorida har oylik ustama beriladi.
G‘oliblarning to‘liq ro‘yxati — Vazir jamg‘armasi g‘oliblari ro‘yxati (PDF) faylida keltirilgan.
Avvalroq Vazir jamg‘armasi tanlovida apellyatsiya yakunlangani haqida yozgan edik. InfoEdu.uz orqali ta’limga oid eng muhim yangiliklarni muntazam kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.