Hukumatning 2025-yil 21-oktabrdagi 662-son qarori bilan umumiy o'rta ta'lim muassasalarining o'rnak ko'rsatgan xodimlarini rag'batlantirishning direktor jamg'armasi to'g'risidagi nizomga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi. Yangi tartibga ko'ra, o'qituvchining faoliyati 9 ta ko'rsatkich bo'yicha baholanadi va jami maksimal 100 ball to'planishi mumkin. Shu ko'rsatkichlar qatorida o'qituvchining malaka toifasi ham alohida baholanadi.
Malaka toifasi uchun beriladigan ballar
O'qituvchining amaldagi malaka toifasiga qarab quyidagi ballar qo'yiladi:
Reklama
- Mutaxassis lavozimida bo'lsa — 0 ball;
- Ikkinchi malaka toifasiga ega bo'lsa — 5 ball;
- Birinchi malaka toifasiga ega bo'lsa — 10 ball;
- Oliy malaka toifasiga ega bo'lsa — 20 ball.
Ya'ni malaka toifasi bo'yicha eng yuqori ball 20 ta, bu jami 100 ballik baholashning beshdan bir qismini tashkil etadi.
Baholash mezonlari
| T/r | Ko'rsatkichlar | Maksimal ball |
|---|---|---|
| 1 | O'quvchilarning choraklik baholarining o'rtacha qiymati | 5 |
| 2 | Fan olimpiadasi va boshqa ko'rik tanlovlarda o'quvchining tuman (shahar) bosqichida ishtiroki | 25 |
| 3 | Boshlang'ich sinf o'quvchilarining tanlov va boshqa tadbirlardagi ishtiroki | 25 |
| 4 | O'qituvchi ish tajribasining ommalashtirilganligi | 15 |
| 5 | Pedagogik ish staji | 10 |
| 6 | Sinf rahbarligi | 5 |
| 7 | Malaka oshirish kurslaridan o'tganlik | 10 |
| 8 | Sinfdan tashqari ishlar | 10 |
| 9 | O'qituvchining malaka toifasi bahosi | 20 |
| — | Jami | 100 |
Baholashning muhim shartlari
- O'qituvchi bir necha fandan dars bergan taqdirda, uning faoliyati har bir fan bo'yicha alohida baholanadi;
- Fan olimpiadasi va tanlovlarda o'quvchining tuman (shahar) bosqichidagi ishtiroki yuqori sinf (5–11-sinf) o'qituvchilari, tanlov va tadbirlardagi ishtirok esa boshlang'ich sinf (1–4-sinf) o'qituvchilari faoliyatini baholashda qo'llanadi;
- Oliy ta'lim muassasasini bitirib kelgan mutaxassislarga 3 yilgacha hamda tegishli malaka oshirish kurslari tashkil etilmagan taqdirda, malaka oshirish ko'rsatkichi bo'yicha maksimal ball beriladi.
Ilgari Milliy sertifikatli o'qituvchi 1-toifali hamkasbidan ustuvor bo'ladi va Til sertifikati direktor jamg'armasidan ustama olishda inobatga olinadimi sarlavhali materiallarimizda ham direktor jamg'armasi va ustamalar tartibi haqida yozgan edik.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.
Hozircha izohlar yo‘q.
Birinchi bo‘lib izoh qoldiring