Pedagog farzandlariga kontraktdan 30 foiz chegirma joriy etildi

Pedagoglar farzandlariga kontraktdan 30 foiz chegirma: 465 ta lavozim ro’yxati, tarbiyachilar, tyutorlar va arizalar bo’yicha savollarga javoblar.

•Yangilandi: 22.09.2026•3 daqiqa mutolaa•2,044 marta ko'rildi
Pedagog farzandlariga kontraktdan 30 foiz chegirma joriy etildi

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-sentabrdagi 501-son qarori bilan pedagoglarning davlat oliy ta'lim tashkilotlarida bakalavriat bosqichining kunduzgi ta'lim shaklida o'qiyotgan farzandlariga to'lov-kontrakt summasining 30 foizi miqdorida chegirma joriy etildi. Imtiyoz 2026/2027-o'quv yilidan boshlab har yili qo'llanadi.

Kimlarga qo'llanadi

Chegirma davlat oliy ta'lim tashkilotlarining bakalavriat bosqichida kunduzgi ta'lim shaklida tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlariga tatbiq etiladi. Pedagogning bir nechta farzandi to'lov-kontrakt asosida o'qiyotgan bo'lsa, chegirma har bir farzand uchun alohida beriladi.

Chegirma olish tartibi

Farzand to'lov-kontrakt shartnomasini olish yuzasidan kontrakt.edu.uz tizimi orqali ariza yuboradi. Arizani ko'rib chiqish vaqtida uning pedagog farzandi ekanligi “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali tasdiqlanadi, shundan so'ng chegirma avtomatik tarzda qo'llanadi.

Arizalar mas'ul tashkilot tomonidan ikki ish kuni ichida ko'rib chiqiladi. Chegirma o'quv yili uchun bir marta qo'llanadi, ya'ni har yili qaytadan olish mumkin.

Ko'p beriladigan savollarga javoblar

  • Pedagog deganda kim tushuniladi? Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-iyunda 3849-raqami bilan ro'yxatdan o'tkazilgan pedagogik faoliyat bilan bog'liq lavozimlar ro'yxatida 465 ta lavozim nomi tasdiqlangan. Shu lavozimlarda ishlayotgan xodimning farzandlariga chegirma beriladi.
  • Bog'cha tarbiyachilariga qo'llanadimi? Ha, maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilarining kontraktda o'qiyotgan farzandlariga ham 30 foiz chegirma qo'llanadi.
  • Oliygohlardagi tyutorlarga qo'llanadimi? Yo'q, tyutorlar lavozimlar ro'yxatida mavjud emas.
  • O'quv markazlari o'qituvchilariga qo'llanadimi? Yo'q, o'quv markazlari ham ro'yxatda ko'rsatilmagan.
  • To'liq bo'lmagan grantda o'qiyotganlarga qanday qo'llanadi? 50 foiz davlat granti va 50 foiz kontrakt asosida o'qiyotgan talabaning kontrakt qismiga 30 foiz chegirma beriladi.
  • To'lovni oldindan to'lab qo'yganlarga nima bo'ladi? Qaror chiqishidan avval 2026/2027-o'quv yili uchun to'lovni to'lab qo'yganlarga ham chegirma qo'llanadi: ortiqcha to'langan summani istasa qaytarib olishi, istasa kelasi o'quv yili hisobiga o'tkazishi mumkin.
  • Xususiy ta'lim tashkilotida ishlayotgan pedagoglar-chi? Xususiy oliygoh, xususiy maktab yoki xususiy bog'chada ishlayotgan pedagoglarning farzandlariga ham chegirma beriladi — bunda pedagogning ish joyi emas, egallab turgan lavozimi ro'yxatdagi nomlarga mos kelishi muhim.
  • Arizalar qachondan boshlanadi? Hozirda kontrakt.edu.uz saytida texnik ishlar olib borilmoqda, taxminan bir hafta ichida chegirma olish uchun ariza yuborish imkoniyati yaratiladi. Arizani talabaning o'zi beradi, ota-onasi emas.

Chegirma berilmaydigan holatlar

  • Oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta'lim tashkilotlarida tahsil olayotganlarga;
  • Nodavlat oliy ta'lim tashkilotlarida o'qiyotganlarga;
  • O'zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy ta'lim tashkilotlari va ularning filiallarida tahsil olayotganlarga;
  • Qo'shimcha va tabaqalashtirilgan to'lov-kontrakt asosida o'qiyotganlarga;
  • Xorijiy hamkor oliygohlarning qo'shma ta'lim dasturlari asosida va fakultetlarida o'qiyotganlarga;
  • Kechki, masofaviy hamda sirtqi ta'lim shaklida tahsil olayotganlarga.

Chegirma pedagoglarning farzandi o'qish davomida otasi yoki onasi pedagog toifasidan chiqarilgan taqdirda, keyingi o'quv yilidan boshlab qo'llanilmaydi.

Avvalroq o'qituvchilar farzandlariga 30 foiz chegirma joriy etilishi haqida ham xabar bergan edik.

To'lov-kontrakt summasining 30 foizi miqdorida. Pedagogning bir nechta farzandi kontrakt asosida o'qisa, chegirma ularning har biriga alohida qo'llanadi.
kontrakt.edu.uz tizimi orqali. Ariza mas'ul tashkilot tomonidan ikki ish kuni ichida ko'rib chiqiladi, pedagog farzandi ekanligi tasdiqlangach chegirma avtomatik qo'llanadi.
Oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta'lim tashkilotlari, nodavlat oliygohlar, xorijiy oliy ta'lim tashkilotlari va filiallari, qo'shimcha hamda tabaqalashtirilgan kontrakt, xorijiy hamkor oliygohlarning qo'shma dasturlari va fakultetlari, shuningdek kechki, masofaviy va sirtqi ta'lim shakli uchun chegirma berilmaydi.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MAQOLA MUALLIFI
Umidjon Esirgapov
Infoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar