Maktablarda sinf rahbari lavozimiga tayinlash va lavozimdan ozod etish maktab direktori tomonidan amalga oshiriladi. Buning uchun nomzod bir qator mezonlarga javob berishi talab qilinadi.
Sinf rahbari bo'lish mezonlari
- Kamida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega bo'lish;
- Maktabda asosiy ishchi sifatida faoliyat olib borish;
- Boshqaruvchilik qobiliyatiga ega bo'lish;
- O'quvchilar bilan ishlash jarayonida mas'uliyat bilan yondasha olish;
- Boshlang'ich sinflarda sinf rahbarligi boshlang'ich sinfga biriktirilgan o'qituvchilarga yuklatilishi.
Reklama
Ya'ni boshlang'ich sinflarda sinf rahbarligi alohida belgilanmaydi — u sinfga biriktirilgan o'qituvchiga yuklatiladi.
Sinf rahbarligi berilmaydigan holatlar
- Maktablarda mehnatni soatbay, shu jumladan o'rindoshlik asosida faoliyat olib boruvchi o'qituvchilarning sinfga rahbarlik qilishiga yo'l qo'yilmaydi;
- Bir o'qituvchiga faqatgina bitta sinf rahbarligi topshiriladi;
- Direktor o'rinbosarlari va psixologlar sinf rahbari bo'lishi mumkin emas.
Sinf rahbarligini berish bilan bog'liq holat haqida o'rta maxsus ma'lumotli o'qituvchidan sinfni olib qo'yish qonunga zid ekani haqidagi maqolamizda ham yozgan edik.
Nomzod kamida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega bo'lishi talab qilinadi.
Yo'q. Mehnatni soatbay, shu jumladan o'rindoshlik asosida faoliyat olib boruvchi o'qituvchilarning sinfga rahbarlik qilishiga yo'l qo'yilmaydi.
Faqatgina bitta sinf rahbarligi. Direktor o'rinbosarlari va psixologlar esa sinf rahbari bo'lishi mumkin emas.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.
Hozircha izohlar yo‘q.
Birinchi bo‘lib izoh qoldiring