Sirtqi ta'limda yangi qoidalar: 5 yillik staj talabi bekor qilindi
Ta'lim sohasidagi so'nggi yangiliklarga ko'ra, ayrim sirtqi ta'lim yo'nalishlariga hujjat topshirish tartibi yengillashtirildi. Endilikda abituriyentlardan pedagogik faoliyat bo'yicha kamida 5 yillik ish staji talab etilmaydi.
Staj talab etilmaydigan yo'nalishlar
Quyidagi yo'nalishlar bo'yicha sirtqi shaklda o'qish istagida bo'lganlar stajsiz hujjat topshirishlari mumkin:
- Pedagogika
- Maktabgacha ta'lim
- Tarix
- Maktabgacha va boshlang'ich ta'limda jismoniy tarbiya va sport
- Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi
Ushbu yo'nalishlar bo'yicha kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlarni oldindan o'rganib chiqish tavsiya etiladi.
5 yillik staj talab etiladigan yo'nalishlar
Boshqa yo'nalishlar uchun staj talabi saqlanib qolgan. Xususan, quyidagi mutaxassisliklar uchun 5 yillik pedagogik staj majburiy hisoblanadi:
- Boshlang'ich ta'lim
- Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi
- Musiqa ta'limi
- Jismoniy madaniyat
- Texnologik ta'lim
Eslatib o'tamiz, ushbu qoidalar O'zbekistondagi barcha litsenziyaga ega nodavlat oliygohlar uchun ham birdek tatbiq etiladi. O'z tanlovingizni amalga oshirishda ushbu o'zgarishlarni inobatga oling.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.