5 yillik ish staji bilan OTMga kirish tartibi
Hukumat qarori (675-son, 04.11.2021 y.) bilan iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi tasdiqlandi.
Kimlar tavsiyanoma olishi mumkin?
Har yili 1 iyulgacha vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalari ro‘yxati e’lon qilinadi. Ushbu tashkilotlar o‘z tizimidagi xodimlar uchun 100 nafargacha talabgorga tavsiyanoma berishi mumkin. Agar siz kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlarga qiziqsangiz, saytimizdagi yangiliklarni kuzatib boring.
Qabul qilish jarayoni va muddatlari
- Ro‘yxatdan o‘tish: 20 iyuldan 10 avgustgacha DTMning maxsus tizimi orqali.
- Suhbat jarayoni: 20 avgustdan 30 avgustgacha.
- Baholash: 100 ballik tizimda 55 ball va undan yuqori natija ko‘rsatganlar talabalikka tavsiya etiladi.
Tavsiyanomalar faqat berilgan o‘quv yili uchun amal qiladi. Abituriyentlar uchun ushbu imkoniyat sirtqi va kechki ta'lim shaklida o'qishni istaganlar uchun ajoyib yechim hisoblanadi.
Muhim eslatmalar
Ushbu tartib oliy harbiy ta’lim muassasalariga, xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Mazkur qoida 2022 yil 1 maydan kuchga kirgan.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.