O’quvchining shaxsiy yig’ma jildida qanday hujjatlar bo’ladi?

O’quvchining shaxsiy yig’ma jildi maktabga qabul qilingan kundan bitirgunga qadar yuritiladi. Jildda jamlanadigan hujjatlar ro’yxati va saqlash muddati.

O’quvchining shaxsiy yig’ma jildida qanday hujjatlar bo’ladi?

O'quvchining shaxsiy yig'ma jildi hujjatlari o'quvchi maktabga qabul qilingan kundan boshlab, bitirgunga qadar yuritiladi. Jildda quyidagi hujjatlar jamlanadi:

  • maktabga qabul qilish haqida ota-ona (yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar)ning arizasi;
  • o'quvchining tug'ilganlik haqidagi guvohnomasi, pasport yoki ID-karta nusxasi;
  • ota-onasi (yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar)ning pasport yoki ID-karta nusxalari;
  • tibbiy ma'lumotnoma;
  • baholar tabeli (10-11-sinf o'quvchilari uchun 9-sinfda berilgan tayanch ma'lumot to'g'risidagi shahodatnoma).

Jildni kim yuritadi?

Reklama

Izoh: O'quvchining shaxsiy yig'ma jildi hujjatlari sinf rahbari tomonidan yuritilib, har o'quv yili boshida xatlovdan o'tkaziladi. O'quvchi maktabni tamomlaganidan so'ng hujjatlar 3 yil muddatda maktabda saqlanadi.

Avvalroq o'quvchilar shaxsiy yig'ma jildlari haqida yozgan edik. InfoEdu.uz maktab ta'limi va hujjatlar tartibi bo'yicha yangiliklarni yoritishda davom etadi.

Jildda maktabga qabul qilish haqidagi ariza, tug'ilganlik guvohnomasi yoki pasport/ID-karta nusxasi, ota-onaning pasport nusxalari, tibbiy ma'lumotnoma va baholar tabeli (10-11-sinf uchun shahodatnoma) jamlanadi.
Shaxsiy yig'ma jild hujjatlari sinf rahbari tomonidan yuritiladi va har o'quv yili boshida xatlovdan o'tkaziladi. Jild o'quvchi maktabga qabul qilingan kundan bitirgunga qadar saqlanadi.
O'quvchi maktabni tamomlaganidan so'ng shaxsiy yig'ma jild hujjatlari 3 yil muddatda maktabda saqlanadi.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar