1-kurs talabalari OTMga qanday hujjat topshiradi?

1-kursga kirdingizmi? OTMga qanday hujjatlar topshirilishi kerak va qachon olib borish mumkin — to‘liq ro‘yxat maqoladan bilib oling.

1-kurs talabalari OTMga qanday hujjat topshiradi?

2026/2027-o‘quv yili uchun talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar o‘qishni rasmiylashtirish uchun OTMga tegishli hujjatlarni taqdim etishi kerak. Bunda davlat va nodavlat OTMlarda hujjatlarni topshirish tartibi farq qilishi mumkin.

Qanday hujjatlar talab qilinadi?

Birinchi kurs talabalaridan ta’lim muassasasiga quyidagi hujjatlarni topshirish talab qilinadi:

Reklama

  • Rektor nomiga ariza;
  • Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda);
  • Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
  • Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli (agar bo‘lsa);
  • 3,5×4,5 foto — 12 ta;
  • Hujjatlar yig‘ma jildi (papka skorosshivatel);
  • Konvert A5 formatida;
  • Talabalar turar joyi arizasi (sharoiti og‘ir va kam ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjati bor talabalar uchun, kerak bo‘lsa);
  • Imtiyoz asosida tavsiya etilganlar uchun imtiyoz beruvchi hujjat asli (agar bo‘lsa).

Hujjatlarni qachon topshirish mumkin?

Hujjatlarni topshirish uchun o‘qish boshlanishidan oldin alohida OTMga borish shart emas. Talabalikka tavsiya etilganlar hujjatlarini o‘qish boshlangach, OTMga borganida o‘zi bilan olib borib topshirishi mumkin. Ariza yozish uchun OTM tomonidan tegishli namuna taqdim etiladi.

Nodavlat OTMlarda-chi?

Nodavlat OTMlarda hujjatlarni topshirish tartibi va talab qilinadigan hujjatlar ro‘yxati boshqacha bo‘lishi mumkin. Shu sababli nodavlat oliygohga qabul qilinganlarga tartibni o‘zi kirgan OTMdan aniqlashtirish tavsiya etiladi.

Talabalar turar joyiga ariza topshirish haqida 1-kurs talabalari yotoqxonaga qachon ariza topshirishi haqida avvalroq yozgan edik. InfoEdu.uz orqali ta’limga oid eng muhim yangiliklarni muntazam kuzatib boring.

Rektor nomiga ariza, pasport nusxasi, diplom yoki attestat asl nusxasi, til sertifikati (agar bo‘lsa), 12 ta foto, yig‘ma jild, A5 konvert, zarur bo‘lsa turar joy arizasi va imtiyoz hujjati.
O‘qish boshlanishidan oldin alohida borish shart emas. Hujjatlar o‘qish boshlangach, OTMga borganida olib borib topshiriladi. Ariza namunasi OTMda beriladi.
Ha, nodavlat OTMlarda tartib va hujjatlar ro‘yxati boshqacha bo‘lishi mumkin. Tartibni o‘zi kirgan OTMdan aniqlashtirish tavsiya etiladi.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar