2026/2027-o‘quv yilida akademik litsey va texnikumlarda o‘quv jarayonlari 2-sentyabrdan boshlanadi. Oliy ta’lim tashkilotlarida esa bosqichlarga qarab sanalar turlicha belgilandi, deya xabar bermoqda Oliy ta’lim vazirligi axborot xizmati.
Oliygohlarda o‘quv yili qachon boshlanadi?
- 1-bosqich talabalari uchun — 7-sentyabrdan;
- 2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentyabrdan o‘quv jarayonlari tashkil etiladi.
Reklama

Litsey va texnikumlar-chi?
Akademik litsey va texnikumlarda yangi o‘quv yili 2-sentyabrdan boshlanadi. Ya’ni litsey va texnikum o‘quvchilari oliygohlarning 1-bosqich talabalaridan ham oldin dars boshlaydi.
Avvalroq 2026/2027-o‘quv yili qabul kvotalari haqida yozgan edik. InfoEdu.uz orqali ta’limga oid eng muhim yangiliklarni muntazam kuzatib boring.
2026/2027-o‘quv yilida akademik litsey va texnikumlarda o‘quv jarayonlari 2-sentyabrdan boshlanadi.
Oliy ta’lim tashkilotlarida 1-bosqich talabalari uchun o‘quv jarayonlari 7-sentyabrdan boshlanadi.
2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun o‘quv jarayonlari 14-sentyabrdan tashkil etiladi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.