Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahrida bir guruh yoshlarning boshqa yoshlarning buyumlarini zo'rlik ishlatib olib qo'ygani aks etgan videotasvirlar tarqaldi. Holat Namangan viloyati IIB tomonidan o'rganildi: 7 nafar texnikum o'quvchisi 4 nafar tengdoshining pul, soat va telefonlarini talon-taroj qilgani aniqlandi.
Holat tafsilotlari
Ma'lum qilinishicha, joriy yilning 19-sentabr kuni soat 13:00 larda Namangan shahrining “Dashtbog'” mahallasi hududida 2-sonli kasb-hunar texnikumining 1-bosqichida tahsil oluvchi 7 nafar o'quvchi shu texnikumning 1-bosqichida tahsil oluvchi 4 nafar tengdoshining yonida bo'lgan pul, soat va telefonlarini ochiqdan-ochiq zo'rlik ishlatish yo'li bilan talon-taroj qilgan.
Reklama
Tergovga qadar o'tkazilgan tekshiruv davomida videotasvirda aks etgan barcha ishtirokchilarning shaxsiga aniqlik kiritilgan. Shuningdek, mazkur holat natijasida biror-bir shaxsga tan jarohati yetkazilmaganligi aniqlangan. Barcha ishtirokchilar voyaga yetmaganlar — ular 2010-yilda tug'ilgan.
Huquqiy oqibat
Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi — bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan talonchilik — bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yaqinda Toshkentdagi maktabda o'quvchilar o'rtasida yuz bergan holat yuzasidan ko'rilgan chora haqida ham yozgan edik: Toshkentdagi 94-maktabda o'quvchilar o'rtasidagi holat yuzasidan ko'rilgan chora.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.
Hozircha izohlar yo‘q.
Birinchi bo‘lib izoh qoldiring