Mirobod tumanidagi 94-son umumiy o'rta ta'lim maktabida o'quvchilar o'rtasida yuz bergan holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi. O'rganish yakunlariga ko'ra, ikki nafar o'quvchining ota-onasiga nisbatan ma'muriy choralar ko'rilgan.
Holat tafsilotlari
Ijtimoiy tarmoqlarda 94-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida o'quvchilar o'rtasida janjal yuz bergani aks etgan video tarqaldi. Videoda o'quvchilardan biri boshqa o'quvchiga suv sepayotgani, yana boshqa birining yuzini esa latta bilan artayotgani ko'rinadi.
Reklama
- Holat 2026-yil 18-sentabr kuni maktabning 9-“V” sinfida sodir bo'lgan;
- Dastlab o'quvchilar o'rtasida o'zaro hazil va tortishuv yuzaga kelgan.
O'rganish va qo'llanilgan chora
Holat o'quvchilarning ota-onalari, ichki ishlar organlari xodimlari, prokuratura vakillari hamda maktab mas'ullari ishtirokida o'rganilgan. O'rganish yakunlariga ko'ra, ikki nafar o'quvchining ota-onasiga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 47-moddasi asosida ma'muriy choralar ko'rilgan.
Kodeksning 47-moddasi bolalarni tarbiyalash va ularga ta'lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik uchun javobgarlikni belgilaydi. Modda bo'yicha bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha — ya'ni 440 ming so'mdan 2,2 million so'mgacha miqdorda jarima solinishi mumkin. Bolani maktabga yubormagan ota-onalar 11 mln so'mgacha jarimaga tortilishi haqida ham yozgan edik.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.
Hozircha izohlar yo‘q.
Birinchi bo‘lib izoh qoldiring