Maktab hududida o‘quvchilar uchun belgilangan talablar
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi 282-son buyrug‘iga muvofiq, ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun aniq tartib-qoidalar belgilangan. Ushbu qoidalar maktabda sog‘lom muhitni saqlash, intizom va xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan.
O‘quvchilarga qo‘yiladigan asosiy talablar

Maktab hududida quyidagi tartiblarga amal qilish belgilangan:
- dars jadvalida ko‘rsatilgan fanlar bo‘yicha barcha darslik va o‘quv qurollari sig‘adigan, o‘quvchiga mos sumkadan foydalanish;
- mashg‘ulotlar boshlanishidan 10–15 daqiqa oldin, maktab ustavida belgilangan o‘quvchi formasida kelish;
- toza va orasta kiyinish, sochni ozoda va tartibli tutish;
- ta’lim muassasasining barcha xonalari, zina va yo‘laklari, sport va faollar zallarini toza saqlash, chiqindi tashlamaslik;
- chiqindilarni maxsus belgilangan idishlarga tashlash;
- maktab mulki (parta, stol, stul, doska, o‘simliklar va boshqalar) hamda o‘quv jihozlariga (kompyuter, laboratoriya jihozlari, stend va bannerlar) zarar yetkazmaslik;
- o‘zidan kichiklarga izzatda, kattalarga hurmatda bo‘lish;
- o‘qituvchilar va maktabga kelgan mehmonlarga salom berish;
- maktab yo‘laklarida tinchlikni saqlash.
Qoidalar nimaga xizmat qiladi?
Mazkur tartiblar o‘quvchilarda intizom, madaniyat, hurmat va mas’uliyat tuyg‘usini shakllantirishga qaratilgan. Shuningdek, maktab hududida xavfsiz va sog‘lom muhitni ta’minlash asosiy maqsad qilib belgilangan.








Javoblar (0 )