Maktablarda yangi tartib-intizom qoidalari
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi ta’lim muassasalarida tartibni mustahkamlash va o‘quv jarayoni sifatini oshirish maqsadida yangi qoidalarni tasdiqladi. Endilikda maktab hududida taqiqlangan harakatlar ro‘yxati kengaytirildi.
Maktabda nimalar taqiqlanadi?
- Maktab hududida tug‘ilgan kun va boshqa bayramlarni nishonlash;
- Dars vaqtida naushnik taqib o‘tirish;
- O‘qituvchi va o‘quvchilar obro‘sini tushiruvchi audio yoki video materiallarni ijtimoiy tarmoqlarga joylash;
- Boshqalarga nisbatan zo‘ravonlik yoki tazyiq o‘tkazish.
Ta’lim sifatini oshirishda maktab darsliklarini yuklab olish va ulardan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Qoidalarni buzganlik uchun javobgarlik
Belgilangan qoidalarga amal qilmagan o‘quvchilarning ota-onasi yozma ravishda ogohlantiriladi. Takroriy holatlarda:
- O‘quvchi muassasaning ichki nazorat ro‘yxatiga kiritiladi;
- Ota-onalar maktabga chaqirtirilib, inspektor-psixolog ishtirokida profilaktik suhbat o‘tkaziladi.
Bu qoidalar barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun majburiy hisoblanadi. O‘z bilimingizni sinab ko‘rish va ta’lim yangiliklaridan xabardor bo‘lish uchun DTM standartidagi test tizimidan foydalanishingiz mumkin.
Batafsil ma'lumot uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.