Maktabda o‘qituvchilarga nimalar taqiqlanadi?
O‘quv jarayonida o‘qituvchilarning xulq-atvori va majburiyatlari Xalq taʼlimi vazirining 2022-yil 28-iyuldagi 246-sonli buyrug‘i bilan tartibga solinadi. Ushbu hujjat umumiy o‘rta taʼlim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalarini belgilab beradi.
O‘qituvchilar o‘quvchini asossiz darsdan chiqarib yuborishga, tanaffus vaqtida sinfda ushlab o‘tirishga yoki maktab hududida tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishga haqli emas.
O‘qituvchilar uchun taqiqlangan harakatlar ro‘yxati
Vazirlik buyrug‘ining 11-bandiga ko‘ra, o‘qituvchilarga quyidagilar qat’iyan taqiqlanadi:
- Jamoa a’zolari va o‘quvchilarning shaxsiyatini kamsitish;
- O‘quvchilarni darsdan asossiz chiqarib yuborish yoki kiritmaslik;
- Tanaffus vaqtida o‘quvchilarni sinfxonada majburiy ushlab o‘tirish;
- Dars jarayonida diniy tashviqot olib borish;
- Spirtli ichimliklar ta’sirida maktabga kelish, kiyinish va tashqi ko‘rinish madaniyatiga rioya qilmaslik;
- Maktab hududida spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish;
- Maktab binosida o‘quv jarayoniga aloqador bo‘lmagan shaxsiy tadbirlar (tug‘ilgan kun, yubiley va h.k.) tashkil etish.
Pedagoglar o‘z malakalarini doimiy oshirib borishlari lozim, bu borada pedagog kadrlar attestatsiyasi jarayonlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Maktab o‘quvchilari va abituriyentlar uchun foydali manbalar bilan tanishish hamda maktab darsliklarini yuklab olish uchun infoedu.uz saytini kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.