Maktabda telefon taqiqlari: O‘quvchilar uchun yangi qoidalar

Maktabda o‘quvchilarga telefon ishlatish bo‘yicha qat’iy taqiqlar joriy etildi. Qoidalarni buzganlik uchun qanday chora ko‘riladi? Batafsil maqolada.

4
Maktabda telefon taqiqlari: O‘quvchilar uchun yangi qoidalar

Maktabda o‘quvchilar uchun telefon taqiqlari

Maktablarda o‘quv jarayonini tartibga solish va ta’lim sifatini oshirish maqsadida mobil telefonlardan foydalanish bo‘yicha qat’iy qoidalar o‘rnatildi. Ushbu cheklovlar o‘quvchilarning darsga bo‘lgan e’tiborini kuchaytirishga qaratilgan.

O‘quvchilarga nimalar qat’iyan taqiqlanadi?

Maktab hududida va dars vaqtida quyidagi harakatlar qat’iyan man etiladi:

  • Telefonni bo‘yniga osib yurish, ko‘krak, shim yoki yubka cho‘ntaklarida saqlash;
  • Telefonni maktab elektr tarmog‘iga zaryadlash uchun ulash;
  • Zo‘ravonlik, shafqatsizlik yoki pornografik mazmundagi materiallarni namoyish etish;
  • Maktab nufuziga putur yetkazuvchi holatlarni suratga olish yoki tarqatish;
  • Dars vaqtida telefon orqali so‘zlashish, SMS yozish va musiqa tinglash;
  • Telefonni stol ustiga qo‘yish, kalkulyator, diktofon yoki boshqa ilovalardan foydalanish;
  • Suratga olish va video tasvirga tushirish.

Ta’lim jarayoniga tayyorgarlik ko‘rishda o‘quvchilarimizga maktab darsliklarini yuklab olish imkoniyati foydali bo‘lishi mumkin. Shuningdek, kelajakda oliy ta’limga kirishni maqsad qilganlar uchun DTM standartidagi test tizimi o‘z bilimlarini sinab ko‘rishda yordam beradi.

Tartib buzilganda qanday chora ko‘riladi?

Yuqoridagi talablar buzilgan taqdirda, pedagog xodimlar o‘quvchidan telefonni olib qo‘yish, tegishli bildirishnoma rasmiylashtirish va uni maktab ma’muriyatiga topshirish hamda ota-onalarga qaytarib berish huquqiga ega. Ushbu yangilik bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalaringizni izohlarda yozib qoldiring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar