2026/2027-o‘quv yili uchun magistraturaga hujjat topshirgan talabgorlarning arizalari bir necha bosqichda tekshiriladi.
Hujjatlarni ko‘rib chiqish jarayonida talabgorning shaxsiy ma’lumotlari, diplomi, ta’lim yo‘nalishi mosligi hamda yuklangan hujjatlar amaldagi tartib asosida tekshiriladi.
Ariza va hujjatlar kim tomonidan tekshiriladi?
Reklama
Magistraturaga topshirilgan arizalar hamda yuklangan hujjatlar talabgor tanlagan oliy ta’lim muassasasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Tekshiruv davomida quyidagilar baholanadi:
- arizada kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi;
- ta’lim yo‘nalishining magistratura mutaxassisligiga mosligi;
- imtiyozlar mavjudligi;
- yuklangan hujjatlarning haqiqiyligi.
Diplom ma’lumotlari qanday tasdiqlanadi?
Talabgorning bakalavr diplomi haqidagi ma’lumotlar u tahsil olgan oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilangan tartibda tekshiriladi.
Diplom ma’lumotlari tasdiqlangandan so‘ng ariza keyingi bosqichga o‘tkaziladi.
Qaysi hujjatlar verifikatsiyadan o‘tkaziladi?
Talabgor yuklagan barcha asosiy hujjatlar tegishli axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari orqali tekshiriladi.
Jumladan:
- chet tilini bilish sertifikatlari;
- imtiyoz beruvchi yutuqlarni tasdiqlovchi hujjatlar;
- nogironlikni tasdiqlovchi hujjatlar;
- boshqa zarur ma’lumotlar.
Mazkur jarayon hujjatlarning haqiqiyligini tasdiqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Magistraturaga hujjatlar qachongacha qabul qilinadi?
2026/2027-o‘quv yili uchun magistraturaga hujjatlar 1-iyuldan 30-iyulgacha qabul qilinadi.
Talabgorlarga hujjatlarni oxirgi kunni kutmasdan topshirish tavsiya etiladi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.