OTMga o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun hujjatlar ro‘yxati
Oliy ta’lim muassasalariga (OTM) talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni eng mas’uliyatli bosqich hisoblanadi. Agar siz talabalar uchun muhim ma’lumotlarni qidirayotgan bo‘lsangiz, quyidagi ro‘yxat sizga yordam beradi.
OTMga topshirilishi kerak bo‘lgan hujjatlar:
- Rektor nomiga ariza;
- Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda);
- Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
- Til bilish darajasini tasdiqlovchi milliy sertifikat asli (agar mavjud bo‘lsa);
- 3,5x4,5 o‘lchamdagi 12 ta fotosurat;
- Hujjatlar yig‘ma jildi (papka skorosshivatel);
- A5 formatidagi konvert;
- Talabalar turar joyiga ehtiyoji borlar uchun ariza (sharoiti og‘ir va kam ta’minlanganligi tasdiqlangan holda);
- Imtiyoz asosida kirganlar uchun imtiyoz beruvchi hujjatning asl nusxasi.
Muhim eslatmalar:
Ushbu ro‘yxat an’anaviy talablarga asoslangan bo‘lib, joriy yilda OTMlar tomonidan qo‘shimcha talablar qo‘yilishi mumkin. Shuning uchun, o‘zingiz o‘qishga qabul qilingan OTMning rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifalarini kuzatib borishingizni tavsiya qilamiz.
Sizga yangiliklar yoqdimi? O‘z fikr-mulohazalaringizni izohlarda yozib qoldiring!

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.