Bakalavriat talabalari qancha stipendiya oladi?

Stipendiya miqdori reytingingizga qanday bog’liq? Kim qancha oladi, qanday shartda to’lanmaydi va 1-sentabrdan nima o’zgaradi — maqoladan bilib oling.

Bakalavriat talabalari qancha stipendiya oladi?

Bakalavriat talabalarining stipendiya miqdori o'zlashtirish ko'rsatkichiga qarab farqlanadi. 2026-yilda amaldagi miqdorlar quyidagicha:

Stipendiya turiShartMiqdor
Bazaviy stipendiyareyting 71-85 ball (barcha fanlardan asosan "4" va "5")569 670 so'm
Oshirilgan stipendiyareyting 86 balldan yuqori (barcha fanlardan "5")683 604 so'm (bazaviyning 20% ustamasi)
Nogironligi bo'lgan (I-II guruh) va yetim talabalaro'zlashtirish ko'rsatkichidan qat'i nazar854 505 so'm (bazaviyning 50% ustamasi)

Muhim shartlar

Reklama

Semestrda fanlarning 30% va undan ortig'idan "qoniqarli" (71 balldan past) baho olinsa, keyingi semestr davomida stipendiya to'lanmaydi.

Kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar faqat stipendiyali kontrakt shaklini tanlagan taqdirda bazaviy stipendiya olishlari mumkin.

Ma'lumot uchun: 2026-yil 1-sentabrdan stipendiyalar miqdori yana 7 foiz oshirilishi ko'zda tutilgan. Avvalroq stipendiya miqdorlari va turlari haqida yozgan edik. InfoEdu.uz talabalar uchun muhim ma'lumotlarni yoritishda davom etadi.

Bazaviy stipendiya 569 670 so'm (reyting 71-85 ball), oshirilgan stipendiya 683 604 so'm (reyting 86+ ball), nogironligi bo'lgan (I-II guruh) va yetim talabalar uchun 854 505 so'm.
Semestrda fanlarning 30% va undan ortig'idan qoniqarli (71 balldan past) baho olinsa, keyingi semestr davomida stipendiya to'lanmaydi.
Kontrakt asosida o'qiyotgan talabalar faqat stipendiyali kontrakt shaklini tanlagan taqdirda bazaviy stipendiya olishlari mumkin.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar