Mehribonlik uylari bitiruvchilari va ota-ona qaramog'siz qolgan bolalar eng himoyaga muhtoj toifalardan biri hisoblanadi. Aynan shu toifadagi fuqarolar uchun 2026/2027-o'quv yilida qo'shimcha 1 foizlik davlat granti asosida jami 2 056 ta alohida qabul o'rni ajratildi.
Bu imtiyoz kimlarga beriladi?
Grant kvotasi quyidagi toifadagi fuqarolar uchun (25 yoshdan kichik bo'lishi shart):
- Mehribonlik uylari, kichik hajmli bolalar uylari, bolalar shaharchalari bitiruvchilari;
- SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari;
- Vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar;
- Ota-onasi o'z huquqidan mahrum qilingan, bedarak yo'qolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan bolalar;
- Topib olingan (tashlab ketilgan), ota-onasi noma'lum bo'lgan bolalar;
- Nikohda bo'lmagan onaning (yolg'iz onaning) vafoti tufayli boqimchisiz qolgan bolalar.
Ta'lim shakllari bo'yicha taqsimot
- Kunduzgi — 1 559 ta o'rin
- Kechki — 289 ta o'rin
- Masofaviy — 208 ta o'rin
OTMlar va ta'lim shakllari kesimidagi to'liq taqsimot bilan SOS va yetim bolalar uchun 1 foizli grant kvotasi 2026 (PDF) hujjatida tanishishingiz mumkin. Ta'limga oid boshqa muhim yangiliklarni InfoEdu.uz orqali muntazam kuzatib boring.
Reklama

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.