Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi "Rayyan Kids Land" oilaviy korxonasiga nodavlat ta'lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun berilgan litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, sud Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining mazkur litsenziyani bekor qilish haqidagi arizasini ko‘rib chiqqan.
Litsenziya nima sababdan bekor qilindi?
Reklama
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi "Rayyan Kids Land" nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotida tarbiyalanuvchilarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lingani aks etgan videolar tarqalgan edi.
Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110-moddasi ("Qiynash") alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Sud qanday qaror chiqardi?
Sud muhokamasi yakunida "Rayyan Kids Land" oilaviy korxonasiga 2025-yil 13-avgustda nodavlat ta'lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati uchun berilgan litsenziya bekor qilindi.
Shuningdek, sud tomonidan qaror ustidan shikoyat qilish tartibi va muddatlari taraflarga tushuntirilgani ma'lum qilindi.
InfoEdu.uz o‘rganishicha, mazkur qaror nodavlat ta'lim tashkilotlari faoliyatida bolalar xavfsizligi va ularning huquqlarini ta'minlash masalasiga qat'iy e'tibor qaratilayotganini ko‘rsatadi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.