Nodavlat oliygoh litsenziyasi haqiqiyligini tekshirishning ikki usuli mavjud.
QR kod orqali tekshirish
Odatda oliygohlar litsenziyalarini binoning kirish qismiga ilib qo'yishadi. Litsenziyadagi QR kodni scaner qilish orqali hujjat ma'lumotlarini onlayn tekshirishingiz mumkin. Elektron shakldagi litsenziyada ham QR kod mavjud bo'ladi.
license.gov.uz orqali tekshirish
Eng ishonchli usul — license.gov.uz saytiga kirib, "Reestr" bo'limida "Hujjat raqami" maydoniga litsenziya raqamini kiritish. Masalan, 123456 raqami kiritilsa, litsenziya haqidagi barcha ma'lumotlar chiqadi.
Xususiy oliygoh litsenziyasini tekshirishning boshqa usullari bilan ham tanishib chiqing.
Abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun foydali ma'lumotlar InfoEdu.uz'da muntazam e'lon qilib boriladi.
Reklama

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.