Nogironligi bo’lgan shaxslar uchun 4 112 ta grant kvotasi ajratildi

2026/2027-o’quv yili uchun nogironligi bo’lgan shaxslarga 4 112 ta davlat granti ajratildi. Eng muhim yangilik: imtiyoz barcha 5 ta yo’nalishga o’tadi. OTMlar kesimidagi to’liq taqsimot PDFda.

Nogironligi bo’lgan shaxslar uchun 4 112 ta grant kvotasi ajratildi

2026/2027-o'quv yili uchun nogironligi bo'lgan shaxslarga ajratilgan davlat granti kvotalari e'lon qilindi. Joriy yilda respublika miqyosida jami 4 ming 112 ta alohida grant o'rni ajratilgan bo'lib, bu o'tgan yilgidan 205 taga ko'p.

Ta'lim shakllari kesimida taqsimot

  • Kunduzgi — 3 117 ta
  • Kechki — 579 ta
  • Masofaviy — 416 ta

Eng muhim yangilik: imtiyoz 5 ta yo'nalishga ham o'tadi

Oddiy holatda imtiyozli kvotalar faqat birinchi tanlangan yo'nalishga taalluqli bo'ladi. Ammo nogironligi bo'lgan shaxslar uchun istisno qilingan — ularning imtiyozi tanlagan beshta yo'nalishiga ham o'tadi. Bu degani, abituriyent qaysi yo'nalishda ko'proq ball to'plasa, o'sha yo'nalishda grantga da'vogarlik qilishi mumkin.

Kvotalar qanday ishlaydi?

Imtiyozli kvotalar yo'nalishlar kesimida emas, balki OTMlar kesimida berilgan. Masalan, Toshkent davlat texnika universitetining kunduzgi shaklida nogironligi bor shaxslar uchun 54 ta kvota ajratilgan. Mazkur OTMga turli yo'nalishlardan 200 nafar nogironligi bor abituriyent hujjat topshirgan bo'lsa, yo'nalishidan qat'i nazar eng ko'p ball to'plagan 54 nafari grantga kiradi. Qolganlari esa umumiy tartibda barcha bilan bellashadi — ballari yetsa, umumiy grant yoki kontraktga kirishlari mumkin.

Muhim jihat: nogironligi bo'lgan abituriyentlarga hech qanday qo'shimcha ball berilmaydi. Shuningdek, ularning ma'lumotlari my.uzbmb.uz saytida avtomatik aks etadi — qo'lda kiritish shart emas.

OTMlar kesimidagi to'liq taqsimot bilan Nogironligi bo'lgan fuqarolar uchun 2 foizli grant kvotasi 2026 (PDF) hujjatida tanishishingiz mumkin. Ta'limga oid eng muhim yangiliklarni InfoEdu.uz orqali muntazam kuzatib boring.

2026/2027-o'quv yili uchun jami 4 ming 112 ta davlat granti ajratilgan. Ta'lim shakllari kesimida: kunduzgi 3 117 ta, kechki 579 ta, masofaviy 416 ta.
Yo'q, nogironligi bo'lgan abituriyentlarga hech qanday qo'shimcha ball qo'shib berilmaydi. Ular faqat ajratilgan alohida kvota orqali grantga da'vogarlik qilishlari mumkin.
Ha, nogironligi bo'lgan shaxslar uchun imtiyoz tanlagan barcha 5 ta yo'nalishga o'tadi. Oddiy imtiyozlardan farqli o'laroq, bu yerda faqat birinchi yo'nalish bilan cheklanilmaydi.

Reklama

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar