Talabalar qancha stipendiya oladi?
Oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar uchun stipendiyalar tizimi hamda to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotganlar uchun muhim yangiliklar bilan tanishing.
Stipendiya olish tartibi
Grant asosida qabul qilingan talabalarga davlat tomonidan bazaviy stipendiya to‘lanadi. Kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalar esa kontrakt summasini stipendiyali yoki stipendiyasiz ko‘rinishda tanlashlari mumkin. Ko‘plab talabalar kontrakt shartnomasi shartlariga ko‘ra, stipendiya olmay o‘qishni afzal ko‘rishadi. Oliy ta'lim tizimi haqida batafsil ma'lumotlarni oliygohlar kirish ballari sahifasidan olishingiz mumkin.
Bazaviy va a'lochi talabalar stipendiyasi
- Bazaviy stipendiya miqdori — 517 880 so‘m;
- Barcha fanlarni faqat "a'lo" (86 ball va undan yuqori) baholarga o‘zlashtirgan talabalar uchun stipendiya – 621 456 so‘m.
Nomdor davlat stipendiyalari
Iqtidorli talabalar uchun quyidagi nomdor stipendiyalar belgilangan:
- Prezident stipendiyasi – 2 191 541 so‘m;
- Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulug‘bek, Imom al-Buxoriy, Bobur, Pahlavon Mahmud, To‘lepbergen Qaipbergenov, Ibroyim Yusupov, Islom Karimov va Kamoliddin Behzod nomli davlat stipendiyalari – 1 461 028 so‘m.
Talabalar hayoti va ta'lim sohasidagi yangiliklarni talabalar uchun ruknimiz orqali kuzatib boring.
Manba: infoedu.uz sayti ma'lumotlari asosida tayyorlandi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.