Bo’lajak talabalar OTMga qanday hujjatlar berishi kerak?

OTMga qabul qilingan bo’lajak talabalar topshirishi kerak bo’lgan hujjatlar ro’yxati: rektor nomiga ariza, pasport, attestat, fotosuratlar va boshqalar.

Bo’lajak talabalar OTMga qanday hujjatlar berishi kerak?

OTMga qabul qilingan bo'lajak talabalar quyidagi hujjatlarni topshirishlari kerak bo'ladi:

  • rektor nomiga ariza;
  • pasport nusxasi (asli ko'rsatilgan holda);
  • diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
  • til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli (agar bo'lsa);
  • 3,5x4,5 o'lchamdagi 12 ta foto;
  • hujjatlar yig'ma jildi (papka skorosshivatel);
  • konvert A5 formatida;
  • talabalar turar joyi uchun ariza (sharoiti og'ir va kam ta'minlanganligini tasdiqlovchi hujjati bor talabalar uchun, kerak bo'lsa);
  • imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun imtiyoz beruvchi hujjatning asli (agar bo'lsa).

Muhim eslatma

Reklama

Ushbu hujjatlar ro'yxati Qabul komissiyasi tomonidan 2022-yilda tasdiqlangan variant. Bu yil ro'yxatda o'zgarish bo'lishi mumkin. Qaysi OTMga qabul qilingan bo'lsangiz, o'sha OTM tomonidan so'ralgan hujjatlarni topshirishingiz tavsiya etiladi.

Avvalroq OTMga topshiriladigan hujjatlar ro'yxati haqida yozgan edik. InfoEdu.uz abituriyentlar va talabalar uchun muhim ma'lumotlarni yoritishda davom etadi.

Rektor nomiga ariza, pasport nusxasi, diplom yoki attestat asli, til sertifikati (agar bo'lsa), 12 ta foto, hujjatlar yig'ma jildi, A5 konvert va zarurat bo'lsa yotoqxona arizasi topshiriladi.
Hujjatlar ro'yxati Qabul komissiyasi tomonidan 2022-yilda tasdiqlangan. Bu yil ro'yxatda o'zgarish bo'lishi mumkin.
3,5x4,5 o'lchamdagi 12 ta fotosurat talab qilinadi. Shuningdek, hujjatlar yig'ma jildi va A5 formatdagi konvert kerak bo'ladi.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar