Talabalikka qabul: OTMga topshiriladigan hujjatlar ro‘yxati

Oliy ta’lim muassasasiga qabul qilingan birinchi kurs talabalari uchun kerakli hujjatlar to‘plami. Ro‘yxat va muhim tavsiyalar bilan ushbu maqolada tanishing.

4
Talabalikka qabul: OTMga topshiriladigan hujjatlar ro‘yxati

Talabalikka qabul: OTMga qaysi hujjatlar kerak?

Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan birinchi kurs talabalari uchun hujjatlarni rasmiylashtirish — muhim jarayon. Talabalar uchun foydali bo‘lgan ushbu qo‘llanmada kerakli hujjatlar ro‘yxatini keltirib o‘tamiz.

OTMga topshirilishi kerak bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati:

  • Rektor nomiga ariza — o‘qishga qabul qilinishni tasdiqlovchi ariza.
  • Pasport nusxasi (asli bilan birga).
  • Diplom yoki attestat (ilovasi bilan).
  • Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat — agar mavjud bo‘lsa, milliy sertifikat sanalari bo‘yicha olingan hujjatlar taqdim etiladi.
  • 3,5×4,5 o‘lchamdagi fotosurat (12 dona).
  • Hujjatlar yig‘ma jildi (papka skorosshivatel) va A5 formatidagi konvert.
  • Talabalar turar joyi uchun ariza (ehtiyoj bo‘lsa).
  • Imtiyozni tasdiqlovchi hujjat (asli).

Muhim eslatma

Yuqoridagi hujjatlar ro‘yxati umumiy talablar asosida shakllantirilgan. Har bir oliygohda qo‘shimcha talablar bo‘lishi mumkin. Hujjatlarni topshirishdan oldin o‘zingiz o‘qishga qabul qilingan ta’lim muassasasi qabul komissiyasi bilan bog‘lanib, aniq ma’lumot olishingiz tavsiya etiladi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar