1-kurs talabalari yotoqxonaga qachon ariza topshiradi?

Yotoqxonaga ariza topshirish tartibi qanday? Kimlar, qachondan ariza berishi mumkin va “ma’lumotlar bazasida mavjud emas” xatosi chiqsa nima qilish kerak — maqoladan bilib oling.

1-kurs talabalari yotoqxonaga qachon ariza topshiradi?

1-kursga qabul qilingan talabalar yotoqxonaga ariza topshirishni boshlashi mumkin. Buning tartibi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-sonli qarori bilan belgilangan.

Ariza qachondan qabul qilinadi?

Talabalar turar joyiga joylashish uchun arizalar har yili 1-avgustdan o‘quv yili yakuniga qadar qabul qilinadi. Birinchi kurs talabalari esa talabalikka tavsiya etilganidan keyin yotoqxonaga ariza topshirishi mumkin.

Reklama

Arizalar my.gov.uz orqali yoki Davlat xizmatlari markazlarida elektron shaklda topshiriladi. Avvalroq birinchi kurs talabalari yotoqxonaga mandatdan keyin ariza topshirishi haqida yozgan edik.

Ma’lumotlarim chiqmasa nima qilish kerak?

Mandat natijalari e’lon qilinganidan keyin birinchi kursga tavsiya etilgan talabalar haqidagi ma’lumotlarni tegishli axborot tizimlariga yuklash jarayoni amalga oshiriladi. Shu sababli ayrim talabalar hozircha my.gov.uz orqali ariza topshirishda “foydalanuvchi ma’lumotlar bazasida mavjud emas” mazmunidagi xabarga duch kelishi mumkin.

Agar talabalikka tavsiya etilgan bo‘lsangiz, biroq yotoqxonaga ariza topshirishda ma’lumotlaringiz chiqmasa — bu ma’lumotlar tizimga hali to‘liq yuklanmagani bo‘lishi mumkin. Bunday holatda ma’lumotlar tizimda aks etishini kutib, keyin qayta urinib ko‘rish kerak. Odatda bir-ikki kundan so‘ng ariza berish mumkin bo‘ladi.

InfoEdu.uz orqali ta’limga oid eng muhim yangiliklarni muntazam kuzatib boring.

Talabalikka tavsiya etilganidan keyin yotoqxonaga ariza topshirish mumkin. Arizalar har yili 1-avgustdan o‘quv yili yakuniga qadar qabul qilinadi.
Arizalar my.gov.uz orqali yoki Davlat xizmatlari markazlarida elektron shaklda topshiriladi.
Bu ma’lumotlar tizimga hali to‘liq yuklanmaganini bildiradi. Bir-ikki kun kutib, qayta urinib ko‘rish kerak — ma’lumotlar aks etgach ariza berish mumkin bo‘ladi.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar