Toshkentda 15-avgustdan maktab bozorlari ish boshlaydi

Toshkentda 15-avgustdan 1-oktabrgacha 26 ta maktab va 14 ta bozorda “Maktab bozorlari” ish boshlaydi.

Toshkentda 15-avgustdan maktab bozorlari ish boshlaydi

Toshkent shahar hokimining 5-avgustdagi qaroriga ko‘ra, 15-avgustdan 1-oktabrgacha shahardagi umumta‘lim maktablari, dehqon bozorlari va savdo komplekslarida “Maktab bozorlari” tashkil etiladi. Bu haqda hokimiyatning rasmiy qarorida ma‘lum qilingan.

Maktablarda tashkil etiladigan bozorlar

Qarorga 1-ilovaga muvofiq, 12 ta tuman bo‘yicha 26 ta maktab hududida maktab bozorlari ochiladi. Ushbu bozorlardan jami 200 mingdan ortiq o‘quvchi foydalanishi kutilmoqda. Eng ko‘p o‘quvchi qamrab olinadigan maktablar qatoriga Sergeli tumanidagi 317-maktab (17 844 nafar) va Uchtepa tumanidagi 296-maktab (14 538 nafar) kiradi.

Reklama

TumanMaktablar soni
Bektemir1
Mirobod1
Mirzo Ulug‘bek1
Olmazor2
Sergeli2
Uchtepa4
Chilonzor2
Shayxontohur2
Yunusobod3
Yakkasaroy2
Yangihayot2
Yashnobod2

Bozorlarda 256 ta savdo joyi

Qarorning 2-ilovasiga ko‘ra, shahardagi 14 ta dehqon bozori va savdo kompleksida jami 256 ta maxsus savdo rastalari tashkil etiladi. Ularda o‘quvchilarning kiyim-kechaklari, o‘quv-yozuv qurollari va darsliklar savdosi yo‘lga qo‘yiladi.

Tadbirkorlardan asosiy faoliyati uchun soliq va boshqa yig‘imlar belgilangan tartibda undiriladi. Avvalgi 2025-yilgi qaror o‘z kuchini yo‘qotgan.

2026-yil 15-avgustdan 1-oktabrgacha. 26 ta maktab va 14 ta bozor va savdo kompleksida.
O‘quvchilar kiyim-kechaklari, o‘quv-yozuv qurollari va darsliklar.
Faqat maktablardagi bozorlardan 200 mingdan ortiq o‘quvchi foydalanishi kutilmoqda.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar