O‘quvchilarning shaxsiy yig‘ma jildini yuritish tartibi
Yangi o‘quv yilidan boshlab maktablarda o‘quvchilarning shaxsiy yig‘ma jildlarini yuritishda yangi tartib-qoidalar amal qiladi. Sinf rahbarlari hujjatlarni to‘g‘ri shakllantirishi va saqlashi muhim ahamiyatga ega.
Shaxsiy yig‘ma jild uchun zarur hujjatlar
O‘quvchining hujjatlari maktabga qabul qilingan kunidan boshlab, maktabni bitirguniga qadar yuritiladi. Jildda quyidagi hujjatlar jamlanishi shart:
- Ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning maktabga qabul qilish haqidagi arizasi;
- O‘quvchining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi (yoki pasport, ID-karta) nusxasi;
- Ota-onaning pasport yoki ID-karta nusxalari;
- Tibbiy ma’lumotnoma;
- Baholar tabeli (10-11-sinflar uchun 9-sinf shahodatnomasi).
O‘quvchilar ta’lim jarayonida maktab darsliklarini yuklab olish orqali o‘z bilimlarini boyitib borishlari mumkin.
Sinf rahbarlari uchun asosiy talablar
Sinf rahbari o‘quv yili boshida hujjatlar xatlovini o‘tkazishi va ularning butligini ta’minlashi kerak. Shuningdek, pedagog kadrlar attestatsiyasi jarayonida ham hujjatlar yuritilishi qat’iy nazorat qilinadi.
- Yuritish: Hujjatlar sinf rahbari tomonidan doimiy nazoratda bo‘lishi va har yili xatlovdan o‘tkazilishi lozim.
- Saqlanish muddati: O‘quvchi maktabni tamomlaganidan so‘ng, uning shaxsiy yig‘ma jildi maktab arxiviga topshiriladi va 3 yil davomida saqlanadi.
Siz bu yangilikka qanday qaraysiz? Izoh qoldiring.













Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.