O‘quvchilar taʼtildagi xatti-harakati uchun kim javobgar?

Taʼtil paytida o‘quvchilar tomonidan sodir etilgan xatti-harakatlar uchun sinf rahbari javobgarmimi? Qonunchilikdagi yangi tartib va ota-onalar masʼuliyati haqida.

5
O‘quvchilar taʼtildagi xatti-harakati uchun kim javobgar?

O‘quvchilar xatti-harakati: Sinf rahbari javobgarligi bekor qilindi

Ko‘p yillar davomida o‘quvchilarning darsdan tashqari yoki taʼtil vaqtidagi xatti-harakatlari uchun maktab maʼmuriyati va sinf rahbarlari javobgar hisoblanib kelingan. Bu holat ko‘plab pedagoglarning asossiz intizomiy jazo olishiga sabab bo‘lgan.

Qonunchilikdagi o‘zgarishlar

Xalq taʼlimi vazirligining 2021-yil 22-fevraldagi 41-sonli buyrug‘iga asosan, sinf rahbari to‘g‘risidagi nizom yangilandi. Unga ko‘ra, taʼlim muassasasidan tashqarida sodir etilgan voqealar uchun sinf rahbarlari va maktab rahbariyati javobgarlikka tortilmaydi.

Ota-onalarning farzand tarbiyasidagi masʼuliyati

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 73-moddasiga binoan, ota-onalar farzandlarining salomatligi, aqliy va axloqiy rivojlanishi uchun to‘liq javobgardirlar. Shuning uchun taʼtil vaqtida o‘quvchilarning xatti-harakatlari uchun masʼuliyat bevosita ota-onalar zimmasidadir.

  • Ota-onalar farzandlarining xavfsizligini taʼminlashga majbur.
  • Sinf rahbarlari darsdan tashqari vaqt uchun intizomiy javobgarlikka tortilmaydi.
  • Taʼlim jarayoni bilan bog‘liq qo‘shimcha maʼlumotlar uchun maktab darsliklarini yuklab olish sahifasiga o‘tishingiz mumkin.

Taʼlim tizimidagi yangiliklarni kuzatib boring va abituriyentlar uchun foydali maʼlumotlardan xabardor bo‘ling.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar