Talabalar uchun o‘qish davri ish stajiga qo‘shiladimi?

O‘qish davri pensiya uchun ish stajiga qo‘shiladimi? Qaysi ta’lim bosqichlari mehnat staji hisoblanishi va kimlarga tegishli ekanligini maqoladan bilib oling.

12
Talabalar uchun o‘qish davri ish stajiga qo‘shiladimi?

O‘qish davri ish stajiga qo‘shiladimi?

Ko‘pchilik talabalarni qiziqtiradigan savollardan biri – o‘qish davri ish stajiga qo‘shiladimi? O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunining 37-moddasi “e” bandiga asosan, kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olganlar uchun ayrim ta’lim bosqichlari mehnat stajiga qo‘shiladi.

Qaysi o‘qish davrlari ish stajiga kiradi?

Quyidagi ta’lim turlari pensiya hisob-kitobida mehnat faoliyati sifatida hisoblanadi:

  • Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish
  • Magistratura va klinik ordinatura
  • Stajor-tadqiqotchi izlanuvchilar instituti
  • Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar instituti
  • Tayanch doktorantura
  • Doktorantura
  • Chet elda tahsil olingan davrlar

Oliy ta’limdagi o‘zgarishlar va oliygohlar kirish ballari haqida batafsil ma’lumot olish uchun saytimizni kuzatib boring.

Kimlar uchun o‘qish davri stajga qo‘shiladi?

Faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qigan talabalar pensiyaga chiqish vaqtida ushbu yillarni ish staji sifatida qo‘shib hisoblash imkoniyatiga ega. Talabalar uchun muhim bo‘lgan bu qoida kelajakda pensiya miqdorini oshirishga xizmat qiladi.

Nima uchun bu muhim?

O‘qish davrining ish stajiga qo‘shilishi pensiya yoshiga yetganda ko‘proq ish stajiga ega bo‘lish va pensiya miqdorini oshirish imkoniyatini beradi.

Manba: Lex.uz

Siz bu yangilikka qanday qaraysiz? Izoh qoldiring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar