"Vazir jamg'armasi" tanlovi bo'yicha apellyatsiya jarayoni yakunlandi. Endilikda pedagoglar yakuniy ballari va reytingdagi o'rni bilan tanishishlari mumkin.
Natijalarni qanday tekshirish mumkin
Nomzodlar pedagog.uzedu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetining "Tanlovlarim" bo'limi orqali yakuniy ballari hamda reytingdagi o'rnini ko'rishlari mumkin.
Ustamaga tavsiya etilgan yoki etilmagani to'g'risidagi yakuniy qaror nomzodning to'plagan balli va reytingdagi o'rnidan kelib chiqib qabul qilinadi. Rasmiy xabarnoma yaqin kunlarda shaxsiy kabinet orqali yuboriladi.
Apellyatsiya qanday ko'rib chiqildi
Eslatib o'tamiz, suhbat natijalaridan norozi bo'lgan nomzodlar natijalar e'lon qilingan vaqtdan boshlab 48 soat ichida apellyatsiya berish huquqiga ega edi. Apellyatsiya nomzod ishtirokisiz, suhbatning videoyozuvi, elektron baholash ma'lumotlari va komissiya bayonnomasi asosida ko'rib chiqildi.
Vazir ustamasi bo'yicha apellyatsiya haqida avvalroq batafsil ma'lumot berilgan edi. Suhbatlar 2-6-iyun kunlari hududiy Pedagogik mahorat markazlarida o'tkazilgandi.
Ta'lim sohasidagi eng dolzarb yangiliklar va rasmiy e'lonlarni InfoEdu.uz saytida o'qishingiz mumkin.
Reklama

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.