Prezident maktablarda kasb va til o’rgatish masalasini keskin tanqid qildi

Prezident yoshlar 11 yil maktabda o’qib, na til na kasb egallamay chiqayotganini tanqid qildi va 7-sinfdan boshlab qiziqishni aniqlash vazifasini qo’ydi.

Prezident maktablarda kasb va til o’rgatish masalasini keskin tanqid qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda maktab ta’limi tizimini keskin tanqid qildi.

Yoshlar 11 yil maktabda o‘qib, na bitta til va na bitta kasb egallamasdan chiqayotgani, oliygohga ham kirolmayotgani qayd etildi.

Xalqaro tajriba

Reklama

Rivojlangan mamlakatlar maktablarida o‘quvchilarga eng ko‘p beshta yo‘nalish bo‘yicha bilim berilishi, lekin ular mukammal o‘qitilishi ta’kidlandi.

Yangi yondashuv

O‘zbekistonda ham yettinchi sinfdan boshlab o‘qituvchilar va ota-onalar hamkorlikda o‘quvchining qiziqishini aniqlab, shunga qarab yo‘naltirishi kerakligi aytildi.

Men har safar aytaman, hamma Beruniy bo‘lolmaydi, hamma Xorazmiy bo‘lolmaydi, hamma matematik bo‘lolmaydi. Xudo bergan imkoniyatiga qarab uni kasbga o‘qitsak, ota-ona ham rozi, davlat ham rozi, prezident ham rozi, muhit ham mutlaqo o‘zgaradi.

Shavkat Mirziyoyev, yig‘ilishda

Yig‘ilish haqida UzA xabar bergan.

Yoshlar 11 yil maktabda o‘qib, til va kasb egallamasdan hamda oliygohga kirmasdan chiqayotganiga.
Yettinchi sinfdan boshlab o‘qituvchi va ota-onalar hamkorlikda o‘quvchining qiziqishini aniqlab, shunga yo‘naltiradi.
O‘quvchilarga eng ko‘p beshta yo‘nalish bo‘yicha, lekin mukammal tarzda bilim beriladi.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

Hozircha izohlar yo‘q.

Birinchi bo‘lib izoh qoldiring

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar