Kasbiy ta’lim tashkilotlariga 11-sinf negizida qabul boshlandi

Kasbiy ta’lim tashkilotlariga 11-sinf negizida hujjatlar 10-sentyabrgacha my.edu.uz orqali qabul qilinadi. 641 ta texnikumga 134 ming 960 ta qabul parametri tasdiqlangan.

Kasbiy ta’lim tashkilotlariga 11-sinf negizida qabul boshlandi

Kasbiy ta'lim tashkilotlariga kamida umumiy o'rta ma'lumot negizida (11-sinf) boshlang'ich, o'rta va o'rta maxsus kasbiy ta'lim dasturlari bo'yicha abituriyentlarning hujjatlari qabul qilinmoqda. Ariza 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) my.edu.uz platformasi orqali topshiriladi.

Ta'lim shakllari: kunduzgi, kechki va dual. Bu haqda Kasbiy ta'lim agentligi xabar berdi.

Tibbiyot texnikumlariga qabul qanday kechadi?

Reklama

Tibbiyot texnikumlariga kechki, dual ta'lim shakllari va xalqaro ta'lim dasturlari bo'yicha qabul jarayonlari ham my.edu.uz platformasi orqali 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

Tibbiyot texnikumlariga kunduzgi ta'lim shakli bo'yicha mahalliy ta'lim dasturlarida o'qishga kirish istagida bo'lgan abituriyentlar oliy ta'lim muassasalariga tanlov natijalari e'lon qilingan kundan boshlab 10 kun davomida, tegishli mutaxassislik va ta'lim tilini tanlagan holda tanlovda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tadi.

Boshqa texnikumlar (kamida umumiy o'rta ma'lumot negizida) bo'yicha kirish sinovlari yozma imtihon shaklida o'tkaziladi.

Qabul parametrlari qancha?

2026/2027-o'quv yili uchun kamida umumiy o'rta ma'lumot negizida 641 ta texnikumga jami 134 ming 960 ta (shundan 61 ming 550 ta davlat granti) qabul parametrlari tasdiqlangan:

  • kunduzgi ta'limda — 87 ming 700 ta (39 ming 390 ta davlat granti);
  • kechki ta'limda — 4 ming 440 ta;
  • dual ta'lim shaklida — 42 ming 820 ta (22 ming 160 ta davlat granti).

Texnikumlar ro'yxati bilan kasbedu.uz sayti orqali tanishing. Avvalroq texnikumlarga hujjat qabuli boshlangani haqida yozgan edik. InfoEdu.uz texnikumlar va kasbiy ta'lim bo'yicha yangiliklarni yoritishda davom etadi.

Hujjatlar 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) my.edu.uz platformasi orqali qabul qilinadi. Abituriyentlar boshlang'ich, o'rta va o'rta maxsus kasbiy ta'lim dasturlari bo'yicha ariza topshirishlari mumkin.
Kechki, dual ta'lim shakllari va xalqaro ta'lim dasturlari bo'yicha qabul my.edu.uz orqali 10-sentyabrgacha amalga oshiriladi. Kunduzgi shaklda mahalliy dasturlarga tanlov natijalari e'lon qilingan kundan boshlab 10 kun ichida ro'yxatdan o'tiladi.
641 ta texnikumga jami 134 ming 960 ta qabul parametri tasdiqlangan. Shundan 61 ming 550 tasi davlat granti. Kunduzgi ta'limda 87 ming 700 ta, dual ta'lim shaklida 42 ming 820 ta o'rin ajratilgan.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar