Maktab partasi o’quvchi bo’yiga mos bo’lmasa qaddi-qomat buziladi

Qaysi parta o’quvchiga mos hisoblanadi va mebel qanday gigiyenik talablarga javob berishi kerak? Me’yorlarni maqoladan bilib oling.

Maktab partasi o’quvchi bo’yiga mos bo’lmasa qaddi-qomat buziladi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi o‘quvchilar uchun maktab mebellarini tanlashda gigiyenik talablarga rioya qilish muhimligini eslatdi.

O‘quvchilar kunning katta qismini sinfxonada o‘tkazgani sababli parta va stullarning ularning bo‘yiga mos bo‘lishi qaddi-qomatning to‘g‘ri shakllanishida muhim ahamiyatga ega.

Partaga qo‘yiladigan gigiyenik talablar

Reklama

  • parta va stullar o‘quvchining bo‘yiga mos o‘lchamda bo‘lishi hamda raqamli va rangli belgilar bilan markalanishi;
  • parta yuzasi 7—15 daraja qiyalikda bo‘lishi;
  • mebel xavfsiz rangda hamda silliq va tozalashga qulay qoplama bilan qoplangan bo‘lishi;
  • parta va stullar formaldegid kabi zararli moddalar ajratmaydigan, sertifikatlangan xavfsiz materiallardan tayyorlanishi.

Sinfxona muhitiga qo‘yiladigan talablar

Mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan xonalarda havo harorati ham me’yorlanadi: yengil jismoniy ish bajariladigan xonalarda u kamida 21 daraja bo‘lishi kerak.

Sog‘liqqa ta’siri

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, o‘quvchining bo‘yiga mos va to‘g‘ri tanlangan parta uning sog‘lom qaddi-qomatini saqlashga hamda dars vaqtida diqqatini yaxshi jamlashiga yordam beradi.

O‘quvchining bo‘yiga mos o‘lchamga qarab; parta va stullar raqamli hamda rangli belgilar bilan markalanadi.
7—15 daraja qiyalikda, silliq va tozalashga qulay qoplama bilan qoplangan bo‘lishi lozim.
Formaldegid kabi zararli moddalar ajratmaydigan, sertifikatlangan xavfsiz materiallardan tayyorlangan bo‘lishi shart.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

Hozircha izohlar yo‘q.

Birinchi bo‘lib izoh qoldiring