Maktabgacha ta’limda dual ta’lim uchun 10 ming kvota ajratildi

2026/2027-o‘quv yili uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ishlayotgan pedagoglar uchun dual ta’lim shakliga 10 mingta to‘lov-kontrakt kvotasi ajratildi.

Maktabgacha ta’limda dual ta’lim uchun 10 ming kvota ajratildi

2026/2027-o‘quv yili uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan o‘rta maxsus ma’lumotli pedagog kadrlar dual ta’lim shakli bo‘yicha bakalavriatning Maktabgacha ta’lim yo‘nalishiga qabul qilinadi. Buning uchun respublika bo‘yicha 10 mingta to‘lov-kontrakt kvotasi ajratilgan.

Shuningdek, dual ta’lim kvotalari ham 2026/2027-o‘quv yili uchun tasdiqlangan umumiy qabul parametrlari tarkibiga kiradi. Boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha kvotalar bilan 2026/2027-o‘quv yili qabul kvotalarining to‘liq taqsimoti orqali tanishishingiz mumkin.

Dual ta’lim uchun nechta kvota ajratildi?

Reklama

Tasdiqlangan qabul parametrlariga ko‘ra, jami 10 000 ta kvota ajratilgan. Shundan:

  • 8 900 ta – o‘zbek tilida;
  • 900 ta – rus tilida;
  • 200 ta – qoraqalpoq tilida.

Kvotalar qaysi OTMlarga taqsimlandi?

Dual ta’lim bo‘yicha qabul quyidagi oliy ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi:

Oliy ta’lim tashkilotiKvota
Andijon davlat pedagogika instituti1 000
Qo‘qon davlat universiteti1 000
Namangan davlat pedagogika instituti1 000
Chirchiq davlat pedagogika instituti800
Shahrisabz davlat pedagogika instituti800
Termiz davlat pedagogika instituti700
O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti665
Urganch davlat pedagogika instituti600
Jizzax davlat pedagogika universiteti575
Buxoro davlat pedagogika instituti560
Samarqand davlat pedagogika instituti550
Nukus davlat pedagogika instituti500
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti450
Guliston davlat pedagogika instituti400
Navoiy davlat universiteti400

InfoEdu.uz o‘rganishicha, mazkur qabul parametrlari maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan o‘rta maxsus ma’lumotli pedagog kadrlar uchun to‘lov-kontrakt asosidagi dual ta’lim shakliga tegishli.

📄 Dual ta’lim bo‘yicha qabul parametrlarining to‘liq taqsimotini yuklab olish:

2026/2027-o‘quv yili uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ishlayotgan o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglar uchun dual ta’lim shakliga 10 mingta to‘lov-kontrakt kvotasi ajratilgan.
Ajratilgan kvotalarning 8 900 tasi o‘zbek, 900 tasi rus, 200 tasi qoraqalpoq tilidagi ta’lim uchun belgilangan.
Qabul O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti hamda Andijon, Namangan, Chirchiq, Shahrisabz, Termiz, Samarqand, Buxoro, Jizzax, Nukus, Urganch, Guliston davlat pedagogika institutlari, Navoiy davlat universiteti va Qo‘qon davlat universitetida amalga oshiriladi.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar