Maktab ta'limida yangi bosqich: 7-sinfdan ixtisoslashuv
O‘zbekiston ta'lim tizimida muhim o‘zgarishlar kutilmoqda. "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov maktab o‘quvchilarini 7-sinfdan boshlab qobiliyatiga qarab tabaqalashtirib o‘qitish taklifini ilgari surdi.
Nima uchun 7-sinfdan ixtisoslashuv muhim?
Qodirovning fikricha, o‘quvchilar 7-sinfgacha umumiy fundamental bilimlarni o‘zlashtirishi kerak. Shundan so‘ng, ularning ilm-fan, sport, tadbirkorlik yoki boshqa sohalarga bo‘lgan qiziqishlari aniq bo‘ladi. Bu tizim o‘quvchilarga o‘zlari qiziqqan yo‘nalishda chuqurroq bilim olish imkonini beradi.
- O‘quvchilarning salohiyatini erta aniqlash;
- Ta'limda amaliy ko‘nikmalarga urg‘u berish;
- Oliy ta'limga bo‘lgan majburiy qarashni o‘zgartirish.
Shuningdek, o‘quvchilar o‘zlariga mos kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlarga ega bo‘lishlari va kelajakdagi oliygohlar kirish ballari bilan tanishib borishlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Baxtli yashash uchun oliy ta'lim shartmi?
Alisher Qodirov bugungi maktablar oliy ta'limni yagona maqsad sifatida targ‘ib qilayotganini tanqid qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, baxtli va muvaffaqiyatli hayot kechirish uchun har doim ham oliy ta'lim diplomi talab qilinmaydi. Asosiy maqsad – bolaning qobiliyatini to‘g‘ri yo‘naltirishdir.
Ushbu yangilik sizda qanday taassurot qoldirdi? Fikr? Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.