10-11-sinf o‘quvchilari uchun muhim o‘zgarishlar
Maktab ta’limini takomillashtirish doirasida yuqori sinf o‘quvchilari uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. Endilikda o‘quvchilar o‘z qiziqish va kelajakdagi kasblariga mos fanlarni tanlab o‘qishlari mumkin.
Yangi o‘quv dasturlari va ta’lim jarayoni
Davlat dasturiga ko‘ra, o‘quvchilarda tanqidiy va kreativ fikrlash, tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirish asosiy maqsad etib belgilangan. Ta’lim jarayoni quyidagicha tashkil etiladi:
- 1–4-sinflar: ilg‘or xorijiy tajriba asosidagi darsliklar;
- 5–9-sinflar: umumta’lim fanlaridan tayanch bilimlar;
- 10–11-sinflar: ixtisoslashgan dasturlar asosida o‘qitish.
Agar siz maktab darsliklarini yuklab olishni istasangiz, qo‘shimcha materiallardan foydalanishingiz mumkin.
Fanlarni tanlash imkoniyati
10–11-sinflarda o‘quv yuklamasi optimallashtirilib, 8 ta majburiy fan hamda 2 ta tanlov fanini (kimyo-biologiya, matematika-fizika, tarix-huquq, ona tili va adabiyot-chet tili) tanlash imkoniyati yaratilmoqda. Bu o‘zgarish abituriyentlar uchun kirish ballari yo‘nalishlar kesimida tayyorgarlik ko‘rishda katta yordam beradi. Mazkur yangilik o‘quvchilarga o‘z yo‘nalishini aniqroq belgilash va kelajakdagi maqsadlari sari dadil odimlash imkonini beradi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.