Fan olimpiadasi natijalari nega kechikmoqda?
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi asosiy fan olimpiadasining maktab bosqichi g‘oliblari to‘g‘risidagi ma’lumotlar kechikayotgani yuzasidan rasmiy izoh berdi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, natijalarni elektron platformaga kiritish jarayonida texnik nosozliklar yuzaga kelgan. Hozirda IT mutaxassislari muammoni bartaraf etish ustida ishlamoqda.
Vazirlik qanday yechim taklif qildi?
Agar texnik nosozliklar yaqin vaqt ichida o‘z yechimini topmasa, vazirlik quyidagi choralarni ko‘rishni rejalashtirmoqda:
- Natijalarni qog‘oz shaklda shakllantirishga ruxsat beriladi;
- Olimpiada jarayonlari tuman va viloyat bosqichlari uchun belgilangan muddatlarda davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘quvchilar o‘z bilimlarini DTM standartidagi test tizimi orqali sinab ko‘rishlari hamda maktab darsliklarini yuklab olish orqali fanlarga chuqurroq tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin.
Ta’lim sohasidagi boshqa yangiliklarni kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.