Korrupsiya jinoyatlari eng ko’p maktabgacha va maktab ta’limida qayd etildi

2025-yilda korrupsiyaga oid jinoyatlar bo’yicha 7 517 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Eng ko’p holat maktabgacha va maktab ta’limi, sog’liqni saqlash hamda hokimliklarda qayd etilgan.

Korrupsiya jinoyatlari eng ko’p maktabgacha va maktab ta’limida qayd etildi

Maktabgacha va maktab ta'limi korrupsiyaga oid jinoyatlar eng ko'p qayd etilgan sohalar qatoridan joy oldi. 2025-yilda O'zbekistonda korrupsiyaga oid jinoyatlar bo'yicha 7 517 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan, davlat manfaatlariga esa 2,9 trln so'mdan ortiq zarar yetkazilgan.

Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi. Senatning 18-yalpi majlisida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan taqdim etilgan O'zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risidagi milliy ma'ruza ko'rib chiqildi.

Qaysi sohalarda eng ko'p jinoyat qayd etilgan?

Reklama

Eng ko'p korrupsiyaga oid jinoyatlar quyidagi sohalar hissasiga to'g'ri kelgan:

  • maktabgacha va maktab ta'limi;
  • sog'liqni saqlash;
  • mahalliy hokimliklar;
  • tijorat banklari.

Respublika bo'ylab sog'liqni saqlash, ta'lim, bandlik, bank va kadastr sohalarida korrupsiya va byurokratiyaning kelib chiqish sabablari joyida o'rganilgan. O'rganishlar natijasida korrupsiya xavfi yuqori bo'lgan tuman va shaharlar uchun manzilli yo'l xaritalari tasdiqlangan.

Davlat xaridlari va normativ hujjatlardagi muammolar

Muhokama davomida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining har to'rtinchisida korrupsiyaviy omillar aniqlangani ta'kidlandi. Davlat xaridlari sohasida 12,6 trln so'mlik qonunbuzilishlar qayd etilgan.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasini takomillashtirishga qaratilgan 7 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan, davlat xizmatlarini raqamlashtirish ko'lami kengaytirilgan. Ayrim davlat organlari va hududlar korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi hamda ochiqlik indeksi bo'yicha qoniqarsiz natija ko'rsatgan.

Avvalroq maktab va bog'cha sohasidagi poraxo'rlik holatlari fosh etilgani haqida xabar bergan edik. Senatorlar profilaktika ishlarining samaradorligini oshirish, davlat xaridlari sohasida qonuniylikni mustahkamlash hamda korrupsiya oqibatida davlatga yetkazilgan zararning qoplanishi ustidan nazoratni kuchaytirish zarurligini ta'kidladi. Muhokama yakunida Senatning tegishli qarori qabul qilindi.

2025-yilda korrupsiyaga oid jinoyatlar bo'yicha 7 517 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Davlat manfaatlariga esa 2,9 trln so'mdan ortiq zarar yetkazilgan.
Eng ko'p korrupsiyaga oid jinoyatlar maktabgacha va maktab ta'limi, sog'liqni saqlash, mahalliy hokimliklar hamda tijorat banklari hissasiga to'g'ri kelgan.
Davlat xaridlari sohasida 12,6 trln so'mlik qonunbuzilishlar qayd etilgan. Shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining har to'rtinchisida korrupsiyaviy omillar aniqlangan.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar