Toshkent shahrida o'quvchini boshqa maktabga ko'chirib berish va davlat-xususiy sheriklik asosidagi bog'chalarga subsidiya olishda noqonuniy yordam va'da qilgan shaxslar qo'lga olindi. Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan bir nechta korrupsion holat aniqlandi.
1 000 dollar evaziga maktabga ko'chirish
Shayxontohur tumanida fuqaro boshqa bir shaxsning ikki nafar voyaga yetmagan farzandini Respublika ixtisoslashtirilgan rassomchilik maktabiga o'qishga ko'chirib berish evaziga 1 ming AQSH dollari talab qilgani aniqlangan. U pora sifatida 12 million so'mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
4 million so'mga maktab o'zgartirish
Navoiy viloyatidan Toshkent viloyatiga o'quvchini ko'chirib berishni va'da qilgan fuqaro 4 million so'mni firibgarlik yo'li bilan olgan vaqtida qo'lga olingan.
10 300 dollar evaziga bog'cha subsidiyasi
Eng yirik holatda fuqarolar davlat-xususiy sheriklik asosidagi bog'chada mavjud bo'lmagan tarbiyalanuvchilar sonini sun'iy oshirib ko'rsatish orqali subsidiya olish imkonini beruvchi dastur o'rnatib berish uchun 10 ming AQSH dollari, shuningdek, bog'chaning litsenziya muddatini uzaytirish evaziga yana 300 AQSH dollari talab qilgan. Ayblanuvchilar 10 ming 300 AQSH dollarini olgan vaqtida qo'lga olingan.
Namanganda bog'cha rahbaridan pora talab qilgan mansabdorlarga nisbatan ham avval jinoyat ishi qo'zg'atilgan edi. Endi esa poytaxtda ham shunday holat fosh etildi.
Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ta'lim sohasidagi eng muhim yangiliklarni InfoEdu.uz orqali kuzatib boring.
Reklama

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.