Energy Globe Award: Ekologik loyihalar uchun xalqaro mukofot

Energy Globe Award mukofotiga arizalar qabul qilinmoqda. Atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan loyihangiz bo’lsa, xalqaro e’tirof va mukofotlarni qo’lga kiriting.

8
Energy Globe Award: Ekologik loyihalar uchun xalqaro mukofot

Energy Globe Award: Barqaror rivojlanish uchun xalqaro mukofot

Jahon hamjamiyatiga ekologik muammolarni hal etish sohasida muvaffaqiyatli va barqaror loyihalarni taqdim etishni maqsad qilgan «Energy Globe Award» mukofotiga arizalar qabul qilinmoqda.

«Energy Globe Award» — Barqaror rivojlanish uchun Jahon mukofoti bo‘lib, Amerikaning “Arthur D. Little” agentligi tomonidan ta’sis etilgan dunyodagi eng mashhur ekologik mukofotdir. Bu imkoniyat, ayniqsa, talabalar va yosh tadqiqotchilar uchun o'z loyihalarini xalqaro darajada namoyish etishga yordam beradi.

Kimlar ishtirok etishi mumkin?

Ekologik muammolarni hal etishga hissa qo‘sha oladigan har qanday kompaniya, tashkilot (NNTlar, maktablar, universitetlar), jismoniy shaxslar yoki davlat organlari ushbu tanlovda qatnashishi mumkin. Shuningdek, oliygohlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ilmiy ishlar ham yuqori baholanadi.

Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar

  • Loyihalar “Yer, Olov, Suv, Havo, Yoshlar va Barqaror startaplar” toifalarida qabul qilinadi;
  • Taqdim etilgan ro‘yxatdan foydalanib loyiha tayyorlanishi (Word | PDF);
  • Onlayn shaklni to‘ldirish.

Mukofotning foydali tomonlari

  • Atrof-muhit masalalari bo‘yicha xalqaro ekspertlar e’tirofi;
  • Dunyoni qutqarish uchun qilgan sa’y-harakatlaringizni OAVda namoyish qilish;
  • Taniqli atrof-muhit faollari bilan muloqot;
  • Boshqalarga o‘rnak bo‘lish;
  • Bepul ishtirok;
  • Har bir xalqaro Energy Globe World Award sovrindori uchun 2000 € mukofot.

Mukofot miqdori: 1000$ dan 10 000$ gacha.

Ariza va loyiha tili: ingliz yoki nemis.

Oxirgi muddat: 2022-yil, 28-aprel.

Batafsil ma'lumot uchun havola.

Manba: infoedu.uz sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar