HIPA xalqaro fototanlovi: $450.000 yutib olish imkoniyati
Dunyo bo'ylab fotosuratchilarni birlashtiruvchi nufuzli The Hamdan International Photography Award (HIPA) tanlovi yangi mavsum uchun ro'yxatdan o'tish jarayonini e'lon qildi. Bu abituriyentlar va ijodkor yoshlar uchun o'z iqtidorini xalqaro maydonda namoyish etish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Tanlov yo'nalishlari va shartlar
Tanlovning asosiy mavzusi Tabiat deb belgilangan bo'lsa-da, ishtirokchilar quyidagi yo'nalishlarda ham o'z suratlarini taqdim etishlari mumkin:
- General (Umumiy)
- Portfolio (Storytelling) – 5 tadan 10 tagacha surat
- Portrait (Portret)
Portfolio yo'nalishidan tashqari, qolgan barcha kategoriyalar uchun faqat bitta surat yuborish talab etiladi. Ishtirok etish mutlaqo bepul.
Mukofot jamg'armasi va g'oliblar
Tanlovning umumiy mukofot jamg'armasi $450.000 ni tashkil etadi. Asosiy mukofotlar taqsimoti quyidagicha:
- Grand Prize: $120,000
- Tabiat yo'nalishi: 1-o'rin uchun $20,000 gacha
- Portfolio yo'nalishi: 1-o'rin uchun $25,000 gacha
- General va Portret: 1-o'rin uchun $15,000 gacha
Bundan tashqari, oq-qora va rangli suratlar uchun alohida nominatsiyalar ham mavjud. O'z ijodiy ishlarini rivojlantirayotgan talabalar va yosh ijodkorlar batafsil ma'lumot va qoidalarni rasmiy sayt orqali olishlari mumkin.
Qanday qatnashish kerak?
Tanlovda 18 yoshdan katta bo'lgan barcha shaxslar ishtirok etishi mumkin. Ariza topshirish va ro'yxatdan o'tish uchun HIPA a'zolik tizimi orqali o'ting.
Qo'shimcha ma'lumotlar uchun infoedu.uz saytini kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.