AQSHda xalqaro she’riyat tanlovi: $6000 yutuq va imkoniyat

Winning Writers tomonidan tashkil etilgan Tom Howard/Margaret Reid xalqaro she’riyat tanlovida qatnashing va $6000 gacha mukofot yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ling.

5
AQSHda xalqaro she’riyat tanlovi: $6000 yutuq va imkoniyat

Tom Howard/Margaret Reid xalqaro she’riyat tanlovi 19-mavsum

Ijodkorlar uchun ajoyib yangilik! Winning Writers sayti tomonidan nufuzli Tom Howard/Margaret Reid she’riyat tanlovining 19-mavsumiga start berildi. Dunyo bo‘ylab istalgan yoshdagi shoirlar ingliz tilida yozilgan she’rlari bilan ushbu nufuzli tanlovda ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov shartlari va talablar

Tanlovda qatnashish uchun she’r ingliz tilida bo‘lishi va 250 misradan oshmasligi kerak. Ishtirokchilar uchun quyidagi yo‘nalishlar mavjud:

  • Tom Howard mukofoti: Har qanday uslubdagi she’rlar qabul qilinadi.
  • Margaret Reid mukofoti: Qofiyaga ega va an’anaviy uslubda yozilgan she’rlar uchun.

Mukofot jamg‘armasi

  • Tom Howard mukofoti g‘olibi uchun $3000;
  • Margaret Reid mukofoti g‘olibi uchun $3000;
  • Har ikki mukofot g‘olibi 2 yilga Duotrope platformasiga bepul obuna bo‘lishadi ($100 qiymatida);
  • Alohida e’tirof etilgan 10 ta shoirning har biriga $200;
  • Eng yaxshi 12 ta she’r Winning Writers saytida onlayn nashr etiladi.

Ariza topshirish narxi $15 ni tashkil etadi va bir martalik to‘lov bilan 1-2 ta she’r yuborish mumkin. Ishtirokchilar soni cheklanmagan.

Ro‘yxatdan o‘tish va qatnashish uchun SHU YERDA havolasiga o‘ting. Ariza topshirishning oxirgi muddati – 30-sentyabr.

O‘zbekistonlik yoshlar va ijodkorlar talabalar uchun mo‘ljallangan yangiliklarni, shuningdek, abituriyentlar uchun taqdim etilgan foydali ma’lumotlarni saytimiz orqali kuzatib borishlari mumkin.

O‘tgan mavsum g‘oliblari ishi bilan tanishish uchun shu yerga kiring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar