O'zbekistonlik yoshlar IELTS imtihonidan yuqori natijalar ko'rsatmoqda. 8.5-9.0 ball olganlar soni 2020-yildan beri 23,7 barobar oshgan.
2024-yil natijalariga ko'ra, 8.5 va 9.0 ballga ega bo'lganlar soni 2020-yildagi 14 kishidan 332 kishiga yetdi. Bu o'sish ingliz tilini o'rganishga bo'lgan qiziqish va xalqaro ta'lim standartlariga moslashish jarayonining jadallashayotganini ko'rsatadi.
2020-2024 yillar bo'yicha IELTS natijalari
Reklama
Yoshlar ishlari agentligi, British Council va IDP ma'lumotlari asosida tuzilgan jadvalda har bir ball oralig'i bo'yicha yoshlar soni keltirilgan:
| IELTS balli | 2020 | 2021 | 2022 | 2023 | 2024 |
|---|---|---|---|---|---|
| 5.5 | 3596 | 9200 | 11703 | 13509 | 14006 |
| 6.0 | 2924 | 7403 | 10516 | 13050 | 14248 |
| 6.5 | 1811 | 4728 | 7210 | 10071 | 11006 |
| 7.0 | 1073 | 2991 | 4496 | 6862 | 7616 |
| 7.5 | 553 | 1405 | 2209 | 3716 | 4008 |
| 8.0 | 181 | 438 | 818 | 1470 | 1490 |
| 8.5 | 14 | 50 | 110 | 273 | 310 |
| 9.0 | - | 1 | - | 13 | 22 |
| Jami | 10152 | 26216 | 37062 | 48964 | 52706 |
Jadvaldan ko'rinib turibdiki, IELTS topshirgan yoshlar umumiy soni 2020-yildagi 10 152 nafardan 2024-yilda 52 706 nafarga yetgan — bu 5 barobardan ko'proq o'sish. Eng ko'p ball olganlar soni 6.0 va 6.5 ball oralig'ida qayd etilgan.
Yuqori natijalar, xususan 8.0-9.0 ball olganlar sonining keskin ortishi mamlakatda xorijiy tillarni o'rganishga bo'lgan e'tibor kuchayganini tasdiqlaydi. Avvalroq IELTS natijalari statistikasi haqida yozgan edik. InfoEdu.uz IELTS va xorijiy til imtihonlari bo'yicha yangiliklarni yoritishda davom etadi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.