IELTS va CEFR sertifikatlari bo'yicha firibgarlik: Jizzaxdagi holat
Ta'lim tizimida sertifikatlar muhim ahamiyat kasb etayotgan bir paytda, firibgarlik holatlari ham uchrab turibdi. Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan Zomin tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy harakat fosh etildi.
Firibgarlik tafsilotlari
Fuqaro S.M. o'z tanishlari yordamida fuqaro Y.Q.ga IELTS yoki CEFR sertifikatlaridan birini olib berishni va'da qilgan. Buning evaziga u 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo'lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Abituriyentlar diqqatiga
Sertifikatlar va oliy ta'limga kirish masalalarida firibgarlarga aldanib qolmasligingizni so'raymiz. Rasmiy ma'lumotlar va qonuniy jarayonlar bilan quyidagi sahifalarda tanishishingiz mumkin:
Batafsil ma'lumot uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.