IELTS Prize: British Council bilan 3000£ yutib olish imkoniyati
Chet elda o‘qish orzusi endi yanada yaqinroq! British Council xalqaro darajadagi IELTS imtihonini topshirgan 7 nafar omadli ishtirokchiga 3000£ qiymatidagi IELTS PRIZE grantini taqdim etadi.
Ishtirokchilar uchun asosiy talablar
Ushbu grantda qatnashish uchun quyidagi talablarga javob berishingiz kerak:
- 18 yoshdan yuqori bo‘lish;
- O‘zbekiston fuqarosi bo‘lish;
- IELTS imtihonini 01.05.2020-15.09.2021 oralig‘ida British Council orqali topshirgan bo‘lish;
- IELTS imtihonidan 5.5 va undan yuqori ball olish;
- 2021-2022-o‘quv yilida xorijiy oliygohda o‘qishni boshlash;
- 2022-yil 30-sentyabrga qadar qabul qilinganlik haqidagi xatni taqdim etish.
Ro‘yxatdan o‘tish va hujjatlar
Tanlovda qatnashish uchun ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘ting. Kerakli hujjatlar ro‘yxati:
- British Council taqdim etgan sertifikat nusxasi;
- Pasport nusxasi;
- Pasport o‘lchamidagi rasm;
- Zarurat bo‘lsa, nogironlikni tasdiqlovchi hujjat.
Barcha talablarga javob beradigan nomzodlar bilan og‘zaki suhbat o‘tkaziladi. Tanlov g‘oliblari va qo‘shimcha ma’lumotlar bilan rasmiy sayt orqali tanishishingiz mumkin. Abituriyentlar uchun ta’lim sohasidagi boshqa yangiliklarni kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.