Endigi navbat eng kichik yoshdagilarniki. Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabning 0 (tayyorlov guruhi) va 1-sinfi uchun kirish imtihonlarining birinchi bosqichi 25-26-iyul kunlari o'tkaziladi. Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari haqida avvalroq batafsil yozilgandi.
Imtihon jadvali
- 25-iyul, soat 09:30 — 0 (tayyorlov guruhi);
- 26-iyul, soat 09:30 — 1-sinf.
Imtihonda nimalar tekshiriladi
Kichkintoylar uchun fan emas, balki intellektual qobiliyat baholanadi. Sinovlar quyidagi yo'nalishlarni qamrab oladi:
- Mantiqiy fikrlash;
- Xotira;
- Diqqat;
- Tasavvur.
Manzil va hujjatlar
Imtihon Toshkent shahri Yashnobod tumani, Maxtumquli ko'chasi, 28-uyda joylashgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab binosida o'tkaziladi. Ruxsatnoma ariza.piima.uz platformasidagi shaxsiy kabinet orqali yuklab olinadi.
Muhim eslatmalar:
- Imtihonga kamida 1 soat oldin yetib keling;
- O'zingiz bilan ruxsatnoma va tug'ilganlik haqidagi guvohnoma asl nusxasini olib keling;
- Kechikkan nomzodlar imtihonga kiritilmaydi;
- Ta'lim va imtihon davlat tilida olib boriladi.
InfoEdu.uz jurnalistlari ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul jarayonini muntazam yoritib boradi.
Reklama

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.